Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximovga Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — K. Jubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universiteti tomonidan oliy sharaf ko‘rsatildi.
Universitet rektori Karabasova Laura Chapayevna tomonidan Abbosjon Mirzoraximovga “Faxriy professor” unvoni va “K.Jubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universitetining oliy medali” tantanali ravishda topshirildi.





🎖Bu oliy medal — ta’limni va ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan, xalqaro miqyosda akademik aloqalarni mustahkamlash yo‘lida samarali faoliyat olib borgan shaxslar uchun beriladigan medal hisoblanadi.
Ushbu yuksak e’tirof ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarning mustahkamlanayotganini, ilm-fan va badiiy ta’limda qo‘shgan hissaning tan olinganini va eng asosiysi, Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlarning amaliy natijasini ifodalaydi. Bu faxriy unvon, kelgusida yanada samarali hamkorlik, qo‘shma loyihalar va o‘zaro ilmiy almashinuvlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.