E’lon! Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro ta’lim imkoniyati!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari diqqatiga!

Institutimizda xalqaro doirada amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Ispaniyaning Escuela Superior de Diseño de la Región de Murcia oliygohida institutimiz Dizayn fakulteti bakalavr yo‘nalishlari uchun Erasmus+ Key Action 1 dasturi bo‘yicha 1 ta grant o‘rni ajratildi.

Ushbu xalqaro almashinuv dasturi talabalarga 2025–2026-o‘quv yili bahorgi semestrida yuqorida keltirilgan Ispaniya universitetida ta’lim olish, Yevropa ta’lim tizimi, zamonaviy dizayn yondashuvlari bilan yaqindan tanishish, ijodiy tajriba orttirish hamda madaniy almashinuvidan bahramand bo‘lish  imkoniyatlarini beradi.
Institutimiz Dizayn fakultetining: 60112400 – Professional ta’lim : Dizayn (libos va gazlamalar), 60112400 – Professional ta’lim: Dizayn (interyerni loyihalash), 60210400 – Dizayn (sanoat dizayni), 60210400 – Dizayn (interyerni loyihalash), 60210400 – Dizayn (libos va gazlamalar), 60210400 – Dizayn (Reklama va amaliy grafika), 60210400 – Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) bakalavr yo’nalishlari talabalari ariza topshirishi mumkin. Ushbu ajratilgan grant uchun institut talabalari o‘rtasida arizalar qabul qilinishi boshlandi. Arizalar qabuli 2025-yil 21-oktabrgacha davom etadi. Shoshiling!

 1. Tanlovda qatnashish arizasi ( Application form for students)

2. ID va xorijiy pasportning nusxasi (elektron variant)

3. Baholar qaydnomasi(zachotka)dan ko‘chirma (Hemis platformasidan olinadi) Eslatma shu paytgacha olingan baholar qaydnomasini ingliz tiliga tarjima qilib, dekanati tomonidan tasdiqlangan holda yuklansin

4. Motivatsiya xati (Motivation letter (ingliz tilida)

5.Ijodiy ishlar portfoliosi (elektron variant (ingliz tilida)

6. Ingliz tilini bilish darajasi B2 (sertifikat mavjud bo‘lsa ustunlik beradi), ispan tilini A2 darajasigacha bilish tavsiya etiladi.

Ushbu grant oylik stipendiya va avia chipta xarajatlarini qoplaydi. “D” toifadagi viza  Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan Ispaniya  elchixonasidan olinadi. Viza bilan bog‘liq xarajatlarni grant qoplamaydi.