XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI

Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i: 

 Zunnunova Umida G’ulomovna

Qabul vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 14:00 – 16:00

Telefon raqami: 

Elektron pochta manzili:    international@mrdi.uz

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali Kamoliddin Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutida  ta`lim sifatini modernizatsiya qilish va zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etish hamda MRDIning respublika oliy o’quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan o’rin olishiga ko’maklashish.

Xalqaro hamkorlik bo’limi universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, eng so’nggi o’quv va ilmiy tajribalarni o’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o’qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bo’lim universitetda Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

 Xalqaro hamkorlik bo‘limining vazifalari:

  • Universitet bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Universitetga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
  • Universitet ilmiy tadqiqotchilari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari, professor va o’qituvchi xodimlari, talabalari uchun ta’lim grantlari va ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag’larini olish uchun tanlovda ishtirok etishlariga ko’mak berish va ularni muvofiqlashtirish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarni chet el xizmat safarlariga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko’mak berish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari va mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE`DOD” jamg’armasi va boshqa Xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlariga tavsiya etish;
  • O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish.

 Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari:

  • universitet professor-o’qituvchilari, doktorantlar va talabalar malakasini oshirish;
  • ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;
  • xorijning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatish;
  • xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
  • xorijiy OTMlardan yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislarni ma’ruza o’qish uchun taklif qilish;  
  • imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;
  • xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;
  • O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan elchixona va vakolatxonalar bilan ta’lim sohasida do’stona aloqalar o’rnatish va boshqalar.