E'lon
“Ilhom” mukofoti sovrindoriga aylanmoqchimisiz?
14.04.2026 14:00
21 ko'rildi
admin
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.
“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi.
Tanlov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti miqyosida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi 2026 yil 15-aprel kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqami: 99 036 36 32