Karyera Markazi

BOG’LANISH

Bo’lim boshlig’i: Xolboyeva Ra’no Anvarovna Tel:(97) 155-07-96

Ishga joylashish bo’yicha foydali havolalar

Insititutning rasmiy telegram kanali

Talabalar uchun  vakant ish o‘rinlari 

Talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi yuzasidan bitiruvchi bosqich talabalari uchun so’rovnoma tashkil etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bitiruvchi kurs talabalari uchun “Karyera markazi” platformasi taqdimoti o‘tkazildi!

Bugun institutimizda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan ishlab chiqilgan talaba va bitiruvchilarga muvaffaqiyatli kasbiy yo‘lni tanlashda yordam berishga mo‘ljallangan careercentre.uz platformasiga ulanish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida platforma asoschilaridan biri Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti Talabalarni ish bilan ta’minlash va ish beruvchilar bilan ishlash xizmati direktori – Mirziyod Majidiy hamda Karyerani rivojlantirish masalalari bo’yicha mutaxassis – Ilyosbek lhomovlar tomonidan platformani yuritish tartibi va uning afzalligi yuzasidan tushuntirish berildi.

Mazkur platforma ish beruvchilar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali aloqani ta’minlashi va bitiruvchilarning ishga joylashish jarayonini aniq monitoring qila olish xususiyatiga ega ekanligi bilan talabalar va tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi hamda tadbir so‘ngida institutimiz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Jamshid Rashidov so‘zga chiqib, ushbu platforma va undagi qulaylik va imkoniyatlar yoshlar bandligini ta’minlash darajasini oshirish yo’lida qo‘yilgan muhim qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi.