________________________________

"Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институти Ахборотномаси" илмий-амалий журнали

“KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI AXBOROTNOMASI” ILMIY-AMALIY JURNALI HAQIDA

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab institutimizda “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborotnomasi” nomli ilmiy-amaliy jurnal muntazam ravishda chop etib kelinmoqda. Mazkur jurnal 2020 yil 11 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligida №1049 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Jurnal oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, art-tanqidchilar, madaniyat va san’at tizimida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda talabalar uchun mo‘ljallangan.

Mazkur nashrning nufuzini oshiruvchi muhim jihatlardan biri shundaki, 2020 yil 30 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 287/9-1-sonli Rayosat qarori bilan jurnal san’atshunoslik fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bundan tashqari, jurnal ilmiy maqolalarning ochiq platformalarda xalqaro miqyosda ommalashishiga xizmat qilishi uchun https://scholar.google.com tizimida indeksatsiyalanadi.

Nashrning asosiy yo‘nalishlari va mazmuni:

  • San’atshunoslik va madaniyat sohalaridagi dolzarb ilmiy maqolalar;
  • Ilmiy tadqiqotlar natijalari va ularning ilmiy xulosalari;
  • Yangi chop etilgan o‘quv adabiyotlari va metodik qo‘llanmalar sharhi;
  • Ko‘rgazmalar, ilmiy va madaniy tadbirlar haqidagi tahliliy ma’lumotlar;
  • Mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoniga joriy etilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar;
  • San’at va madaniyat sohasi bo‘yicha olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlar sharhi.

Jurnal san’at, dizayn va madaniyat sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilarning maqolalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Nashr tartibi va texnik xususiyatlari:

  • Jurnal yiliga 4 marotaba, har chorak yakunida chop etiladi.
  • Hajmi: 60×84 1/8 formatda, 100 betgacha.
  • Nashr hajmi: 1000 nusxagacha.

Jurnal institutimizning ilmiy va innovatsion faoliyatini yoritishda, shuningdek, milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda.

“Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborotnomasi” — Sizning ilmiy yutuqlaringizni chop etish uchun ochiq maydon!

2020-yil Nashr qilingan "Axborotnomalar"

2021-yil Nashr qilingan "Axborotnomalar"

Журнал таҳрир ҳайъати

Ахборотнома ёзиш талаблари