MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI
Kafedrasi mudiri: Latofat Tulkinjonovna Jabbarova
Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon: (+998 9)
E-mail:
Muzeyshunoslik kafedrasi
Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997 yildan boshlagan bo‘lib, 2001 yildan esa kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. Bugungi kunda kafedrada 3 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi hamda 5 ta katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqdalar. Ko‘p yillik tajriba va bugungi kunda ish beruvchilar tomonidan kadrlarga qo‘yilayotgan talablar asosida muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishining talabalariga institutidagi Dastgohli rangtasvir kafedrasi, Amaliy grafika kafedrasi, Libos dizayni kafedrasi, Miniatyura va kitob grafikasi, Me’moriy yodgorliklarni bezagini ta’mirlash kafedralari bilan uzviy bog‘liq xolda darslar olib boriladi.
Bugungi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi hamda 5 ta katta o‘qituvchi va 2 nafar o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqdalar. Kafedra professori, s.f.n. Z.Raximova m.f.d., professor M.Yusupovalar 2015 yil Turkiyaning To‘pqopi, Harbiy muzey va Mozaika muzeylariga, 2016 yil Amerikaning Gugunxaym, MoMa, Vashington, Smitsoniya instituti muzeylariga va Iordaniya, Isroil davlatlari muzeylariga, 2015 yil kafedra professori, t.f.d. J.Ismailova Koreyaning Milliy etnografiya muzeyiga, 2016 yil Yaponiyaning Milliy muzeyiga, kafedra dotsenti M.Muxamedova 2017 yil Rossiyaning Tretyakov galereyasi, Moskva arxeologiya muzeyi, Inson va tabiat tarixi muzeyida, dotsent K.Nishanova Sankt-Peterburg Davlat madaniyat institutiga tajriba almashish uchun borib, zamonaviy ekspozitsiya qurish masalalari, muzeylar faoliyatini yoritayotgan nashrlarni hamda O‘rta Osiyo san’atini o‘rganish maqsadida borib kelishdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislik fanlari bo‘yicha 20 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashr ettirildi.
Kafedra O‘zbekiston muzeylar kengashi, respublikamizdagi yirik muzeylar, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti, Koreyaning Kimyon universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997 yildan boshlagan bo‘lib, 2001 yildan esa kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi.
Bugungi kunda kafedrada 4 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi, 2 ta dosent hamda 1 ta katta o‘qituvchi va 16 nafar o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqdalar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislik fanlari bo‘yicha 20 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashr ettirilgan.
Kafedra O‘zbekiston muzeylar kengashi, respublikamizdagi yirik muzeylar, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti, Koreyaning Kimyon universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
“MUZEYShUNOSLIK” KAFEDRASI PROFESSOR-O‘QITUVChILAR TARKIBI
Asosiy shtat:
- Kafedra mudiri, dosent Nishanova Kamola Solijonovna
- s.f.n. dosent Rahimova Zuxra Ibragimovna
- f.f.d. professor Qoraboev Usmon Hasilovich
- t.f.n. prof v.b Kuryazova Darmonjon To‘raevna
- t.f.f.d. dosent Muxamedova Munisa Sabirovna
- dosent Ganieva Charos Xoshimovna
- katta o‘qituvchi Qosimova Shahnoza Alisherovna
o‘qituvchilar:
- Mirzanazarova E’tibor Yadgarovna
- Amanxodjaeva Gulnora Nigmatjonovna
- Rajabov Ulug‘bek Nurullaevich
- Xasanova Feruza Raxmonalievna
- Axmedov Jasurbek Zokirjonovich
- Qayumov Suxrob Sobirovich
O‘rindosh:
- t.f.d. professor Ismailova Jannat Hamidovna
- m.f.d. professor Yusupova Mavlyuda Aminjanovna
- t.f.d. DSc Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna
- s.f.f.d katta o‘qituvchi Aripdjanov Otabek Yusupjonovich
o‘qituvchilar:
- Fayzieva Vasila Salixovna
- Mirxusanova Dilobar Baxriddinovna
- Orifjonova Gulirano Ravshan qizi
- Xasanova Nargiza Sa’dullaevna
- Jabborova Latofat To‘lqinjonovna
- Bobojonova Inobat Arkad’evna
- Pardaeva Yulduz Abduqayumovna
- Sa’dullaeva Zamira Ravshan qizi
- Sadikova Nasiba Baxtiyorovna
- Raupova Aziza Usmon qizi
MUZEYShUNOSLIK KAFEDRASIDA MAVJUD YO‘NALIShLARI
- Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservasiya va ta’mirlash) yo‘nalishi – San’at asarlarini tiklash va ta’mirlash, badiiy va tarixiy ahamiyatini baholash, ko‘rgazmalardan so‘ng fond zahiraxonalarida saqlashga tayyorlash, muzeylardan tashqarida, shuningdek xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda ularni qalbaki nusxalariga almashtirish xavfini oldini olish uchun har bir asarni zamonaviy texnik uskunalar yordamida tadqiq qilish, ekspertizadan o‘tkazish va baholash ishlarini amalga oshirib borish malakasiga ega bo‘ladilar.
- Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm) yo‘nalishi – O‘zbekistonda turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyati, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish, chet ellik hamda mahalliy sayohatchilarni ularga jalb etish, turistlarga tarjimonlar va ekskursovodlar xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash, madaniy-tarixiy turizm kabi sayohat dasturlarini yarata oladigan, san’at va muzey turizmi sohasida boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida
- Muzey pedagogikasi ta’lim yo‘nalishi – muzeylarning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini nazarda tutgan holda ularni ta’lim muassasalariga yaqinlashtirishgina emas, balki ta’lim muassasalarini ham muzeyga yaqinlashtirish, ya’ni hamkorlik pedagogikasini amalga oshirish malakasiga ega bo‘ladilar.
Bu yo‘nalishlarni bitirgan mutaxassislar respublikamizdagi turli ixtisoslikdagi muzeylarda kichik ilmiy xodim lavozimidan boshlab muzey rahbari lavozimlarida, badiiy ekspertiza boshqarmasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalarning madaniyat markazlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelishmoqda. - Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservasiya qilish, ta’mirlash va saqlash 2014-2017 yillarda magistratura mutaxassisligining davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, har yangi o‘quv yilida malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda mukammallashtirib borilmoqda.
MUZEYShUNOSLIK KAFEDRASI TOMONIDAN O‘TILADIGAN FANLAR
- Muzey ishi asoslari
- Me’morchilik asoslari
- Muzeyshunoslik
- Muzey pedagogikasi
- Muzey ashyolarini ekspertizasi va restavratsiyasi
- O‘zbekistonda muzey ishi
- Arxeologiya asoslari
- Etnologiya
- Umumsan’at tarixi
- Tasviriy san’atda afsona va rivoyatlar
- Rangtasvir texnika-texnologiyasi
- Yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash
- Rangshunoslik va kompozisiya
- Madaniy turizm tarixi va nazariyasi
- Fotografiya
- Jahon liboslari tarixi
- Nomoddiy madaniy meros
- Ekskursiyashunoslik
- San’at asarlarini fizik-kimyoviy ekspertizasi
- Muzey va jamiyat
- Muzey ashyolarini ilmiy tadqiqi qilish
- Amaliy san’at tarixi
- O‘zbekiston me’morchilik san’ati tarixi
- Xalqaro protokol va etiket
- Arxiv ishi asoslari
- Ko‘rgazma kuratorligi
- Amaliy bezak san’ati tarixi
- Art-terapiya (tanlov fan)
- Numizmatika (Tanlov fan)
“MUZEYShUNOSLIK” KAFEDRASINING USLUBIY VA ILMIY IShLARI
2017-2020 yillar mobaynida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 7 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, OAK e’tirof etgan jurnallarda 15 dan ortiq maqolalar, Xorijiy jurnallarda 20 ga yaqin maqolalar chop etilgan.
“MUZEYShUNOSLIK” KAFEDRASINING UNIVERSITETLAR BILAN MAVJUD ALOQALARI
Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti bilan 2018 yildan buyon hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
INNOVASION HAMKORLIK
Bugungi kunda Muzeyshunoslik kafedrasining quyidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud:
- O‘zbekiston muzeylar kengashi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi
- O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi
- K.S.Zoirov nomidagi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyi
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi
- Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi
- O‘zbekiston amaliy san’ati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi
- O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi.