INSTITUT NIZOMI
KАMOLIDDIN BEHZOD NOMIDАGI MILLIY RАSSOMLIK VА DIZАYN INSTITUTI TАRKIBIDАGI TА’LIM SIFАTINI NАZORАT QILISH BO’LIMI TO’G’RISIDАGI NIZOM
Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Ustav О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3219-sonli hamda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti О‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi о‘rinlarda matnda MRDI yoki institut, deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida» 1997 yil 23 yanvardagi 1701-sonli Farmoni asosida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida” 1997 yil 11 martdagi 131- sonli qarori bilan tashkil etilgan va О‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
MRDI avval Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimining 2001 yil 6 dekabrdagi 1465-sonli qarori bilan, keyinchalik esa yuridik manzili о‘zgarishi munosabati bilan Tadbirkorlik subyektlarini rо‘yxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2009 yil 7 oktabrdan 000413-04 reyestr tartib raqami bilan davlat rо‘yxatiga olingan.
1.3. MRDI davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha (yoki faqat asosiy) ta’lim Dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq о‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek, boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini kо‘rsatadi.
1.4. MRDI о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.
1.5. MRDI yuridik shaxs shaklidagi О‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi. Operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, о‘z majburiyatlari bо‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi, о‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bо‘lishi mumkin.
1.6. Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta bо‘yicha hisob raqamlariga, О‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va о‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
1.7. MRDI internet tizimida о‘zining rasmiy mrdi.uz saytiga ega.
1.8. MRDI joylashgan manzil: 700000, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshox kо‘chasi 123-uy; tel: 255-18-33, 255-96-67 faks:255-18-92.
1.9. MRDIning rasmiy nomi:
• о‘zbek tilidagi tо‘liq nomi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;
• qisqacha nomi – MRDI;
• rus tilidagi tо‘liq nomi – Natsionalniy institut xudojestv i dizayna imeni Kamoliddina Bexzoda;
• qisqacha nomi – NIXD;
• ingliz tilidagi nomi: National institute of Fine Art and design named after Kamoliddin Bekhzod;
• qisqacha nomi – NIFAD.
II. MRDIning asosiy maqsad va vazifalari
2.1. О‘zbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yо‘lida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari bо‘yicha zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash MRDIning asosiy maqsadi hisoblanadi.
2.2. Quyidagilar MRDIning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Institutda davlat ta’lim standarti, malaka talablari, о‘quv reja va о‘quv fan dasturlariga muvofiq о‘qitish sifatini ta’minlash;
–о‘quv jarayonini (amaliyot, stajirovka) kadrlar iste’molchilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish;
-ilm-fan, madaniyat, texnika, texnologiyalar, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodi va madaniyatining ijtimoiy istiqbolini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash uslublarini tizimli takomillashtirish;
-iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
-ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan va madaniyatni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;
–о‘qitishning interfaol usullarini, innovatsion pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalarini, mustaqil ta’lim olish, masofaviy ta’lim tizimini amaliyotga joriy qilish;
-shaxsning intellektual, ijodiy, madaniy va ma’naviy – ahloqiy kamol topishiga bо‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;
-har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, о‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi о‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
-jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;
-aholi о‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini kо‘tarish;
-oliy ta’lim sohasida о‘zaro foydali xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
III. О‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari
a). Bakalavriat va magistratura talabalari:
3.1. MRDI rektorining buyrug‘i bilan о‘qishga qabul qilingan shaxs MRDIning bakalavriat yoki magistratura talabalari hisoblanadi. Bakalavriat va magistratura talabalariga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi beriladi.
MRDIga qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi ma’lumotiga ega bо‘lgan shaxslar arizalariga binoan О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bо‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, test sinovlari natijalariga kо‘ra tо‘plangan ballarning reyting tizimi bо‘yicha amalga oshiriladi.
MRDIga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham tо‘lov-kontrakt bо‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, ijodiy imtihonlar va test sinovlarida eng yuqori ball tо‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bо‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon va test ballari reytingi asosida belgilangan tо‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihon, test sinovlarsiz muayyan imtiyoz asosida ham о‘qishga qabul qilish kafolatlanadi
3.2. MRDI bakalavriat yoki magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:
-fan, texnika, san’at va madaniyat, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
-institut axborot resurs markazida mavjud bо‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
– bepul maslahatlar va yо‘l-yо‘riqlar olish;
-auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan о‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
-ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan о‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish va ularning kо‘rib chiqilishini talab qilish;
-institut va fakultet miqyosida о‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
-ilmiy-ijodiy, tadqiqot ishlarida, kо‘rgazma, kо‘rik-tanlovlar va ilmiy konferensiyalarda qatnashish va ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;
-institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bо‘lish va ular ishida qatnashish.
Bakalavriat va magistratura talabalari sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bо‘yicha yuqori malakali mutaxassis bо‘lib yetishish uchun zarur bо‘lgan qonun hujjatlariga zid bо‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba о‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan о‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari bо‘yicha va tо‘lov-kontrakt asosida о‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, о‘qishga yо‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risida” Nizomlarni tasdiqlash haqida 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, harbiy xizmatni о‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillari davrida talabaga О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
3.5. О‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq kunduzgi о‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga oliy ta’lim muassasasida о‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
3.6. MRDIning Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya meyorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joylarida talabalarga kommunal-maishiy xizmatlar uchun tо‘lovlar institut tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bо‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat berilmaydi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda о‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga о‘qishdan bо‘sh vaqtlarida institutning о‘zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruxsat beriladi.
3.7. MRDIdan о‘z xohishi yoki uzrli sabablarga kо‘ra talabalar safidan chetlashtirilgan talaba, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta о‘qishga tiklanish huquqiga ega.
Ilgari oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha о‘quv shakllari bо‘yicha talabalar safiga qayta tiklash tо‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
MRDIning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida institutdagi boshqa ta’lim yо‘nalishiga va boshqa oliy ta’lim muassasalariga о‘qishlarini kо‘chirish (о‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
О‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bо‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bо‘limlar, о‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni MRDIga о‘qishini kо‘chirish (о‘qishga tiklash) mumkin emas.
Talabalar о‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3.8. MRDI talabalari oliy ta’limning ta’lim dasturlari va о‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda MRDIning Ustaviga, Ichki tartib qoidalari va Talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.
О‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni о‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bо‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
3.9. Ushbu Ustav va oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgani taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari kо‘riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi
mumkin:
a) о‘z xohishiga binoan;
b) о‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga kо‘chirilishi munosabati bilan; v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) akademik о‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
d) о‘quv intizomini va institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
ye)bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
yo) о‘qish uchun belgilangan tо‘lov о‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (tо‘lov-kontrakt bо‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; z) vafot etganligi sababli
MRDI ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni о‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bо‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 14-bandi “d” kichik bandiga kо‘ra chetlashtirilayotgan holda, institut О‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilgan talaba о‘ziga qо‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norozilik bildirishi mumkin.
Talabaga nisbatan qо‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.
Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bо‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti – harakat aniqlangandan sо‘ng bir oydan va xatti – harakat sodir etilganidan sо‘ng olti oydan kechiktirilmay qо‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bо‘lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin emas.
Kasallik payti talaba (yoki uning ota-onasi) ariza va tegishli ma’lumotnomalar bilan, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan institutga ma’lum qilinadi.
3.10. MRDIda ta’limning ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holdagi о‘quv shakllarida muvaffaqiyatli о‘qiyotgan talabalarga ularning ish joyidan О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qо‘shimcha ta’til, institut joylashgan manzilga borish va kelish uchun yо‘l haqi va boshqalar) beriladi.
b) Tinglovchilar:
3.11. MRDI qoshida malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (markazi, fakulteti)da о‘qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Tinglovchilarning maqomi ta’lim xizmatlarini olish qismi bо‘yicha institutda muvofiq о‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni о‘qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ- huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
v) Tayanch doktorantura, doktorant, mustaqil izlanuvchilar:
3.12.MRDIning tayanch doktorantura, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari bо‘lib, ular muayyan yо‘nalish bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan va tegishli ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxslar hisoblanadi.
Tayanch doktorantura- О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur о‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bо‘yicha oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura- О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur о‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bо‘yicha falsafa doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bо‘yicha oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchi-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur о‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bо‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bо‘yicha oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
3.13. MRDI doktoranturasiga oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga yoki magistr darajasiga ega bо‘lgan, ilmiy izlanish olib borish qobiliyatini namoyon eta olgan shaxslar uch yillik muddatga qabul qilinadilar.
Doktoranturaga qabul qilish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga mustaqil izlanuvchilarni biriktirish hamda tayanch doktorantura, doktorantlar va izlanuvchilarga dissertatsiya ustida ishlayotganliklari uchun imtiyozlar berish tartibi, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
g) MRDIning professor – о‘qituvchilari tarkibi, о‘quv-yordamchi va ma’muriy
– xо‘jalik xodimlari (personali)
3.14.MRDIda professor-о‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik
– texnika, ma’muriy – xо‘jalik, ishlab chiqarish, о‘quv – yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
Professor-о‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta о‘qituvchi, о‘qituvchi, assistent va о‘qituvchi-stajyor lavozimlari kiradi (о‘qituvchi- stajyor lavozimi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muasassalari xodimlari mehnatiga haq tо‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2008 yil 1 avgustdagi 164- son qaroriga asosan kiritildi).
3.15. Professor-о‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risida”2006 yil 16 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bо‘yicha amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137-sonli farmoyishiga muvofiq oliy ta’lim muassasasining prorektori rektor tavsiyasiga kо‘ra О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi bilan kelishilgan holda buyruq asosida tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi. Fakultet dekani О‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
3.16. MRDIning professor – о‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
-belgilangan tartibda institut va fakultet kengashlariga saylash va saylanish;
-institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
-institutning axborot-resurs markazi, о‘quv va ilmiy bо‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bо‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
–о‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, о‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
-institut ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
-qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
–О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi tо‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash tо‘g‘risida” 2012 yil 18 oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom va unga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risidagi 2016 yil 26 oktabrdagi 362-sonli qarori talablari asosida о‘zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda о‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
-xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va о‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
– о‘z fani bо‘yicha sifatli darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar tayyorlash;
– nazariy bilimlarini, amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
– talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
– grantlar, ilmiy loyihalar, xо‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
– О‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.17. MRDIning professor-о‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
– ta’lim tо‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, muassasa Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilish; о‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va о‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
– ish jarayonida muloqot qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bо‘lish;
– ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida о‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy- ma’rifiy ishlarni о‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
a) о‘quv yuklamalari hajmini, о‘quv-uslubiy, ilmiy, о‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
b) darslik, о‘quv qо‘llanma tayyorlash, о‘quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda о‘tkaziladigan tadbirlarda;
d) Institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ishtirok etish;
ye) ijodiy ishlar yaratish va ularni kо‘rgazma, tanlovlarda namoyish etish; yo) о‘z malakasini muntazam ravishda oshirish;
-mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
-muassasaning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
-ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
-muassasa jamoatchilik ishlarida qatnashish;
-pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
-zamonaviy sivilizatsiya va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yо‘nalishi (mutaxassisligi) bо‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bо‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
-chet tili va axborot texnologiyalari bо‘yicha savodxonligini oshirib borish;
-ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
-“Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, о‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
– о‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan о‘rnak bо‘lish;
– kiyinish madaniyatiga rioya etish;
– respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda rо‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bо‘lish;
-muassasa, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
–о‘zi о‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
-darslarni yuqori saviyada о‘tish;
-fan yо‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
-har о‘quv yili boshlangunga qadar о‘zi о‘qitadigan fan(lar)ning ishchi о‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
-reyting tadbirlarini о‘z vaqtida о‘tkazish;
-talabalar bilimini xolisona baholash;
-yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qо‘llash;
-ilmiy-ijodiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
-talabalar ilmiy-ijodiy va tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
-oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish;
3.18. Muassasa professor-о‘qituvchi xodimlarining chet el xizmat safarlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari tо‘g‘risida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida bо‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning О‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq tashkil qilinadi.
3.19. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-sonli qaroriga asosan, MRDI rahbariyati oliy ta’lim muassasasining professor-о‘qituvchilari tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.
3.20. MRDIning ma’muriy-xо‘jalik, muhandislik-texnika, о‘quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib-qoidalari va lavozim yо‘riqnomalari bilan belgilanadi.