Bitiruvchi kurs talabalari hamda avvalgi o‘quv yillaridagi qarzdor bitiruvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (https://lex.uz/docs/-5193564)ga asosan fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalari hamda avvalgi o‘quv yillaridagi qarzdor bitiruvchilar uchun 2025/2026 o‘quv yili kuzgi semestr davomida ya’ni noyabr va dekabr oylarida qayta o‘qish tashkil etilmoqda.

Eslatma: Yakuniy davlat attestatsiyasiga kirish uchun o‘quv rejadagi tegishli barcha fanlarni to‘liq oʻzlashtirgan, belgilangan kreditlarni toʻplagan hamda toʻlov-kontrakt shartlarini toʻliq bajargan bitiruvchilarga ruxsat beriladi.

Shu munosabat bilan, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalari o‘z hisobidan qayta o‘qish uchun 2025-yilning 25-oktabriga qadar tegishli to‘lovlarni amalga oshirishlarini so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumot va savollar bo‘yicha fakultet dekanatlari, +998 71 255 96 67 raqami yoki Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan institutning bosh binosi (https://maps.app.goo.gl/M5figfuiBweMtLn5A)da faoliyat ko‘rsatayotgan Registrator ofisiga kelgan holda mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025/2026 o‘quv yili kuzgi semestr uchun “Shamsiro‘y Hasanova stipendiyasi” tanloviga  hujjatlar qabul qilinmoqda!

Stipendiya tanlovi uchun hujjatlar joriy yilning 22-oktabr sanasiga qadar qabul qilinishini eslatib o‘tamiz!

Qo’shimcha ma’lumot uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limiga uchrashishingiz yoki @S_qayimova telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin!

Quyidagi havola orqali “Shamsiro’y Hasanova stipendiyasi” nizomi bilan tanishishingiz mumkin:

“Shamsiro’y Hasanova stipendiyasi” nizomi! (https://drive.google.com/file/d/1xuvQNY9FVzz_Xj2kovx5leCU6yQMhljq/view?usp=sharing)

E’lon! Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro ta’lim imkoniyati!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari diqqatiga!

Institutimizda xalqaro doirada amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Ispaniyaning Escuela Superior de Diseño de la Región de Murcia oliygohida institutimiz Dizayn fakulteti bakalavr yo‘nalishlari uchun Erasmus+ Key Action 1 dasturi bo‘yicha 1 ta grant o‘rni ajratildi.

Ushbu xalqaro almashinuv dasturi talabalarga 2025–2026-o‘quv yili bahorgi semestrida yuqorida keltirilgan Ispaniya universitetida ta’lim olish, Yevropa ta’lim tizimi, zamonaviy dizayn yondashuvlari bilan yaqindan tanishish, ijodiy tajriba orttirish hamda madaniy almashinuvidan bahramand bo‘lish  imkoniyatlarini beradi.
Institutimiz Dizayn fakultetining: 60112400 – Professional ta’lim : Dizayn (libos va gazlamalar), 60112400 – Professional ta’lim: Dizayn (interyerni loyihalash), 60210400 – Dizayn (sanoat dizayni), 60210400 – Dizayn (interyerni loyihalash), 60210400 – Dizayn (libos va gazlamalar), 60210400 – Dizayn (Reklama va amaliy grafika), 60210400 – Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) bakalavr yo’nalishlari talabalari ariza topshirishi mumkin. Ushbu ajratilgan grant uchun institut talabalari o‘rtasida arizalar qabul qilinishi boshlandi. Arizalar qabuli 2025-yil 21-oktabrgacha davom etadi. Shoshiling!

 1. Tanlovda qatnashish arizasi ( Application form for students)

2. ID va xorijiy pasportning nusxasi (elektron variant)

3. Baholar qaydnomasi(zachotka)dan ko‘chirma (Hemis platformasidan olinadi) Eslatma shu paytgacha olingan baholar qaydnomasini ingliz tiliga tarjima qilib, dekanati tomonidan tasdiqlangan holda yuklansin

4. Motivatsiya xati (Motivation letter (ingliz tilida)

5.Ijodiy ishlar portfoliosi (elektron variant (ingliz tilida)

6. Ingliz tilini bilish darajasi B2 (sertifikat mavjud bo‘lsa ustunlik beradi), ispan tilini A2 darajasigacha bilish tavsiya etiladi.

Ushbu grant oylik stipendiya va avia chipta xarajatlarini qoplaydi. “D” toifadagi viza  Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan Ispaniya  elchixonasidan olinadi. Viza bilan bog‘liq xarajatlarni grant qoplamaydi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025-2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlanib, talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish davom etayotganligini ma’lum qilamiz!

Eslatma: Qo‘shimcha to‘lov-kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingan magistrantlar ikki o‘quv yilida ham (2025-2026, 2026-2027 o‘quv yillarida) bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘laydi.

Shuningdek qo‘shimcha to‘lov-kontrakti asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.2022 yildagi, 447-son qarori bo‘yicha yengilliklar mavjud emas.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar institutning Registrator ofisiga shaxsan kelgan holda joriy yilning 25-oktabr sanasiga qadar murojaat qilishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot va savollar bo‘yicha +998 71 255 96 67 raqamiga yoki Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan institutning bosh binosi (https://maps.app.goo.gl/M5figfuiBweMtLn5A)ga kelgan holda mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin!

Qadrli adabiyot ixlosmandlari, kitobsevar talaba-yoshlar! “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan mahoratli adiblar va shoirlar ishtirokida tashkil etilayotgan ijodiy uchrashuvlarga marhamat!

Ma’rifatga, ma’naviyatga va kamolotga yetaklashni maqsad qilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasining bu galgi mehmonlari bilan tanishing:

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bir qator sheriy to‘plamlar va novellalar muallifi, shoira, tarjimon, jurnalist Go‘zal Begim.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali Bosh muharriri, shoir Tohir Doliyev.


“Hurriyat” gazetasi Bosh muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, shoir Abdurasul Jumaqul.

Uchrashuvlar institutning faollar zalida tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, guruhlar kesimida ishtirok etish vaqti bo‘yicha Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan tyutorlar orqali qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi!

🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Davlat qabul komissiyasi bayoni (https://t.me/eduuz/38241)ga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori quyidagicha belgilandi:

💬 Qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (https://www.lex.uz/docs/-7726569#:~:text=holda%20amalga%20oshiradi.-,Bunda%20to%E2%80%98lov-kontrakt%20miqdori%20amalda%20o%E2%80%98rnatilgan%20bazaviy%20to%E2%80%98lov-kontrakt%20miqdoriga%20nisbatan%20quyidagi%20miqdorlarda%20belgilanadi%3A,-1%2C05%20ballgacha%20yetmagan) (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

💬 Qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bazaviy toʻlov-kontraktning 8,0 barobari miqdorda belgilandi.

⏺ Yuqoridagi jadval orqali 2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida institutdagi ta’lim shakli va yo‘nalishlar kesimida batafsil ko‘rish mumkin.

✅ Ma’lumot uchun, 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik o’qitish qiymatining kamida 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) to’lashga ruxsat beriladi. Ushbu to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng abituriyent talabalar safiga qabul qilinadi.

✅ Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tanlov ustuvorligi boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tanlagan bo‘lsa, oʻz xohishlariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ariza yuborishlari mumkin (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

🌐 Abituriyentlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun arizalarni kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborishlari mumkin!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot va savollar bo‘yicha +998 71 255 96 67 raqamiga yoki Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan institutning bosh binosi (https://maps.app.goo.gl/M5figfuiBweMtLn5A)ga kelgan holda mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin!

▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

2 0 2 5 /2 0 2 6 -0 ‘QUV YILI TALABALAR O’Q ISHINI XORIJIY OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDAN HAMDA O’ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARINING MOS VA TURDOSH TA’LIM YO’NALISHLARIGA KO’CHIRISH BO’YICHA O’TKAZILGAN TEST SINOV NATIJALARI QAYDNOMASI