Asosiy kontentga o'tish

Dizayn fakulteti

dizayn, libos dizayni va amaliy grafika yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy va innovatsion yondashuvlar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Fakultet haqida

1997-yilda Amaliy san’at fakulteti qoshida Dizayn kafedrasi tashkil etildi. 2001-yildan boshlab “Libos dizayni” kafedrasi konstruktorlik bo‘limidan ajralib chiqdi. Respublika miqyosida dizayn sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj va ushbu yo‘nalishga ortib borayotgan talabni inobatga olib, 2003-yilda Dizayn fakulteti tashkil etildi.

“Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi Amaliy san’at fakultetidan ajratilib, 2019-yilda Dizayn fakulteti tarkibiga qo‘shildi.

Fakultetda ko‘plab yetuk mutaxassislar pedagogik faoliyat olib borgan. Jumladan, “Dizayn” kafedrasida arxitektura fanlari nomzodlari, professorlar Q. Muhammedjanov va R. Asamov, shuningdek M. Maxmudova, R. Zohidov, B. Inog‘omov va M. Razikberdiyev; “Libos dizayni” kafedrasida V. Chursina, A. Allabergenova, U. Xadjayeva, N. Allaberganova va Z. Devletshayeva; “Amaliy grafika” kafedrasida esa D. Nikolaevich, R. Ayupov va P. Xaitov kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritgan.

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularning barchasi mutaxassis tayyorlovchi kafedralar hisoblanadi. Fakultetda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Kafedralar

Fakultetda faoliyat yurituvchi kafedralar

Amaliy grafika va badiiy fotografiya kafedrasi
Amaliy grafika va badiiy fotografiya kafedrasi

1997-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilgach, uning tarkibida “Amaliy grafika” kafedrasi faoliyat boshlagan. Keyinchalik mazkur kafedra rivojlanib, “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

NORCHAYEV RAVSHAN TOSHTEMIROVICH
9 o'qituvchi Batafsil
Libos dizayn kafedrasi
Libos dizayn kafedrasi

1999-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san’at” fakulteti tarkibida “Dizayn” kafedrasi tashkil etilgan

XAITOVA ZILOLA PATXULLAYEVNA
19 o'qituvchi Batafsil
Dizayn kafedrasi
Dizayn kafedrasi

1976 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti “Monumental- dekorativ rangtasvir” kafedrasi qoshida yangi “Interyer va jihoz” bo‘limi ochildi. 1983 yilda “Monumental-dekorativ rang tasvir” kafedrasi tarkibida yangi “Arxitektura dekorlarini ta’mirlash” bo‘limi tashkil etilishi munosabati bilan yangi “Arxitektura dekorlarini ta’mirlash va interyerni loyihalash” kafedrasi ochildi.

MANNAPOVA NILUFAR ROVSHANOVNA
18 o'qituvchi Batafsil

Yo'nalishlar

Fakultetda 7 ta ta'lim yo'nalishi mavjud

Xattotlik va miniatyura
Yo'nalish kodi : 70210602
Magistr
Grafika (xattotlik va miniatyura)
Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy surat)
Yo'nalish kodi : 70210404
Magistr
Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy surat)
Dizayn (interyerni loyihalash)
Yo'nalish kodi : 70210401
Magistr
Dizayn (interyerni loyihalash)
Dizayn (libos va gazlamalar)
Yo'nalish kodi : 70210401
Magistr
Dizayn (libos va gazlamalar)
Dizayn (interyerni loyihalash)
Yo'nalish kodi : 60210400
Bakalavr
Dizayn (interyerni loyihalash)
Dizayn (interyer dizayni)
Yo'nalish kodi : 70210401
Magistr
Dizayn (interyer dizayni)
Dizayn (libos va gazlamalar)
Yo'nalish kodi : 60210400
Bakalavr
Dizayn (libos va gazlamalar)
MRDI Logo MRDI