Asosiy kontentga o'tish

San'atshunoslik va Amaliy san‘at fakulteti

nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Fakultet haqida

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan.

2021-yil 27-avgustdan boshlab fakultet “San’atshunoslik va muzeyshunoslik” fakulteti nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Fakultet san’atshunoslik va muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.

1997-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilishi bilan uning tarkibida Amaliy san’at fakulteti ham faoliyat boshlagan. Mazkur fakultet bakalavriat bosqichida bir qator ta’lim yo‘nalishlari, jumladan amaliy san’at asarlarini ta’mirlash, kasbiy ta’lim, badiiy zargarlik, badiiy naqqoshlik, badiiy kulolchilik, me’moriy yodgorliklar bezagi va amaliy san’at asarlarini ta’mirlash yo‘nalishlari bo‘yicha, shuningdek magistratura bosqichida tasviriy va amaliy bezak san’ati, san’at asarlari va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash hamda badiiy kulolchilik mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelgan.

2025-yil sentabr oyidan boshlab San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Amaliy san’at fakulteti bilan birlashtirilib, “San’atshunoslik va amaliy san’at” fakulteti sifatida faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 6 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularning 5 tasi mutaxassis tayyorlovchi kafedralar hisoblanadi. Fakultetda 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.

Kafedralar

Fakultetda faoliyat yurituvchi kafedralar

Ijtimoiy fanlar va informatika kafedrasi
Ijtimoiy fanlar va informatika kafedrasi

2003-yilda “Informatika va menejment” kafedrasi tashkil etilgan. 2024-yil 13-avgustdagi institut Kengashi qaroriga asosan “Informatika va menejment” hamda “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedralari birlashtirilib, “Ijtimoiy fanlar va informatika” kafedrasi qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda kafedra Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tarkibida faoliyat yuritmoqda.

ZAKIROVA SAYYORA ABDULXAKOVNA
11 o'qituvchi Batafsil
Badiiy kulolchilik va ta'mirlash kafedrasi
Badiiy kulolchilik va ta'mirlash kafedrasi

Me’moriy yodgorliklar bezagi Me’moriy yodgorliklarni muhofaza qilish, ta’mirlash va ularning me’moriy-badiiy qadriyatlarini o‘rgatish orqali milliy merosni asrab-avaylash – kafedraning assosiy vazifalaridan biridir. Bunda zamonaviy talablarga mos loyihalar ishlab chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek jamiyatda me’moriy yodgorliklarga ehtirom va ularni asrab-avaylash madaniyatini shakllantirish kafedra faoliyatining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.

MATYAZOV ATABEK RO‘ZIMBOYEVICH
5 o'qituvchi Batafsil
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi

1999-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tarkibida “Tillar va adabiyot” kafedrasi tashkil etilgan

AZIZOVA GULNORA SHAKIRDJANOVNA
6 o'qituvchi Batafsil
Muzeyshunoslik kafedrasi
Muzeyshunoslik kafedrasi

Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997-yildan boshlagan bo‘lib, 2001-yildan alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. O‘quv jarayoniga yirik olimlar – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi O‘.Islomov, M.Isxoqov va boshqalar jalb etilishi soha ta’limi yuksalishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

JABBAROVA LATOFAT TULKINJONOVNA
18 o'qituvchi Batafsil
San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi
San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi

1965-yilda Teatr va rassomlik institutining Ilmiy kengashi tashabbusi bilan san’atshunoslik ta’lim yo‘nalishi hamda “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil etilgan. 2020-yilda institut Kengashi qaroriga asosan kafedra nomi “San’at tarixi va nazariyasi” deb qayta nomlandi.

NISHANOVA KAMOLA SOLIJON QIZI
0 o'qituvchi Batafsil
Amaliy bezak san'ati kafedrasi
Amaliy bezak san'ati kafedrasi

“Amaliy bezak san’ati” kafedrasi “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi 2023-yil fevral oyidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Badiiy kulolchilik va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” kafedrasidan ajralib chiqib, mustaqil kafedra sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

DOSMETOVA ZUXRA SHAVKATOVNA
100 o'qituvchi Batafsil

Yo'nalishlar

Fakultetda 15 ta ta'lim yo'nalishi mavjud

San’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash
Yo'nalish kodi : 70210802
Magistr
San’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash
Badiiy kulolchilik
Yo'nalish kodi : 70210803
Magistr
Badiiy kulolchilik
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash
Yo'nalish kodi : 70211004
Magistr
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash
Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)
Yo'nalish kodi : 60212100
Bakalavr
Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)
San’at nazariyasi va tarixi (tasviriy va amaliy san’at)
Yo'nalish kodi : 70211003
Magistr
San’at nazariyasi va tarixi (tasviriy va amaliy san’at)
San’at nazariyasi va tarixi (turlari bo‘yicha)
Yo'nalish kodi : 70211003
Magistr
San’at nazariyasi va tarixi (turlari bo‘yicha)
Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)
Yo'nalish kodi : 60210300
Bakalavr
Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)
Menejment (art va kreativ industriyalar menejmenti)
Yo'nalish kodi : 70411201
Magistr
Menejment (art va kreativ industriyalar menejmenti)
Menejment
Yo'nalish kodi : 60410800
Bakalavr
Menejment
Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)
Yo'nalish kodi : 60210300
Bakalavr
Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)
Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)
Yo'nalish kodi : 60210300
Bakalavr
Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)
Tasviriy va amaliy bezak sanʼati
Yo'nalish kodi : 70210801
Magistr
Tasviriy va amaliy bezak sanʼati
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash
Yo'nalish kodi : 70210301
Magistr
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash
Sanʼat nazariyasi va tarixi
Yo'nalish kodi : 70211003
Magistr
Sanʼat nazariyasi va tarixi
Menejment
Yo'nalish kodi : 70410801
Magistr
Menejment
MRDI Logo MRDI