Joriy yilning 7–11-iyul kunlari davomida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yakuniy kunida ham barcha jarayonlar belgilangan tartib, amaldagi me'yoriy talablar hamda tasdiqlangan jadval asosida tashkil etildi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida "Dizayn: Interyer dizayn" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kompozitsiya, "San'atshunoslik: San'at jurnalistikasi" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha esa og‘zaki shakldagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi. Imtihonlar qabul komissiyasi a'zolari tomonidan yuqori tashkiliy saviyada tashkil etilib, ularning ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta'minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davomida jarayonlarning namunali tashkil etilishida hamkor tashkilotlar, qabul komissiyasi tarkibida faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mas'uliyatli hamda fidokorona mehnati alohida ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar imtihonlarning tartibli, xolis va shaffof muhitda o‘tishini ta'minladiEslatib o‘tamiz, institut Qabul komissiyasi kun tartibiga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kun natijalari bugun soat 20:30 dan 21:00 gacha institutning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yakuniy kunidan fotolavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.