2025-2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha institut talabalarining mutaxassislik fanidan ijodiy ishlarini baholash uchun yakuniy ko'rik nazoratlari o'tkazilmoqda. Mazkur jarayonda institut rahbariyati hamda institut rektorining tegishli buyrug'i asosida tuzilgan komissiya a'zolari ishtirok etib, talabalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlarga baho berishmoqda.
Bugun Tasviriy san'at fakultetida o'tkazilgan yakuniy ko‘rik nazoratlari jarayonidan foto lavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.
Ma'lumot uchun, barcha fakultetlarda talabalarning yakuniy ko‘rik nazoratlari joriy yilning 27-may sanasiga qadar davom etadi.