Avval xabar berganimizdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida joriy yilning 7-iyul sanasidan 11-iyul sanasiga qadar 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan.
Ayni paytda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 1-kuni boshlanish arafasida qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy jarayonlar belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, imtihonlarda ishtirok etuvchi abituriyentlarning hujjatlari sinchkovlik bilan tekshirilib, ular maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda tegishli imtihon auditoriyalariga kuzatilmoqda.
Imtihon jarayonining ochiq, shaffof va adolatli tashkil etilishini ta'minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rilgan bo‘lib, abituriyentlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyat tilaymiz!