Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar, hurmatli ustozlar, hamkasblar va qadrli talaba-yoshlar!

Sizlarni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu qutlug‘ ayyom yurtimizda mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Qurbon hayiti barchamizni insoniylik, muruvvat va o‘zaro hurmat ruhida birlashtirib, qalblarimizga ezgulik va xotirjamlik olib kirsin.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik hamda faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi.