Document

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI

San’atshunoslik fakulteti  Fakultet dekan: Sangirov Botir Yusupovich

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Shanba: 15.00-17.00 

Telefon raqami: +998(71) 254-20-23  +998(93) 561-24-54 

E-mail: sangirov85@mail.ru

 San’atshunoslik fakulteti haqida

San’atshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Fakultet tasviriy san’at, amaliy san’at tarixi yo‘nalishida san’atshunos mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda fakultetga 5 ta kafedra, jumladan 2 ta mutaxassis tayyorlovchi va 3 ta ijtimoiy gumanitar fanlar kafedralari biriktirilgan. Fakultetda 4 ta bakalavr yo‘nalishi va 2 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 300 nafar talaba taxsil oladi.

Fakultetda uzoq yillar san’atshunos Sh.S.G‘ulomova, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi G.A.Qarshieva, filologiya fanlari doktori L.R.Roupovalar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borgan. Fakultet tarkibidagi kafedralarda asosiy  shtatda va o‘rindoshlik asosida jami 54 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.A.Hakimov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor N.R.Ahmedova, san’atshunoslik fanlari doktori K.B.Akilova, san’atshunoslik fanlari doktori E.F.Gyul, san’atshunoslik fanlari doktori D.M.Qodirova, me’morlik fanlari doktori M.A.YUsupova, tarix fanlari doktori J.X.Ismoilova, shuningdek falsafa fanlari doktori U.H.Qoraboev, tarix fanlari doktori Q.H.Inoyatov, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Z.I.Raximova, R.S.Fatxullaev, I.R.Abdurahmonov, Z.J.Alieva, Sh.K.Abdullaeva, tarix fanlari nomzodlari D.T.Kuryazova, Yu.Mamazoitova, falsafa fanlari nomzodi U.Utanova, texnika fanlari nomzodi S.Zokirova, yuridik fanlari nomzodi G.T.Abdullaxodjaev va boshqalar talabalarga saboq beradilar.

 

Fakultetdagi kafedralar va ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari haqida ma’lumot

Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

  1. Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi
  2. Muzeyshunoslik kafedrasi
  3. Ijtimoiy fanlar kafedrasi
  4. Informatika va menejment kafedrasi
  5. Tillar va adabiyot kafedrasi

Quyidagi yo‘nalishlar va mutaxasisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Quyidagi yo‘nalishlar va mutaxasisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

INFORMATIKA VA MENEJMENT KAFEDRASI

TASVIRIY SAN’AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

TILLAR VA ADABIYOTLAR KAFEDRASI