Document

TASVIRIY SAN'AT FAKULTETI

Dekan: Azatbay Amatovich Yusupov

 

Qabul kunlari: Dushanba, chorshanba, juma: 15.00-17.00 

Telefon raqami: +99871 255-16-08  +99890 963-42-09 

E-mail:   azad196129@mail.ru

 

O`quv ishlari bo`icha dekan o`rinbosari

 

Ummatova Charos Abduxalikovna

 

Qabul kunlari: Seshanba, payshanba, juma: 15.00-17.00 

Telefon raqami: +99871 255-16-08  +99893 581-18-33 

E-mail:   charos.ummanova@mail.ru

 

Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan o‘rinbosari

 

Yulduz Azamatovna Narzieva

 

Qabul kunlar dushanba, chorshanba, juma kunlari 900-1200

Telefon raqamr: 97-752-13-31, 71-255-16-08

E-mail: muhammadjon.10@mail.ru

Tasviriy san’at fakulteti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga SHarq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi va institutning asosiy negizi bo‘lgan Tasviriy san’at fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultetda ko‘plab ko‘zga ko‘ringan O‘zbekiston Tasviriy san’atiga tamal toshini qo‘ygan va o‘zlaridan keyini ko‘plab shogirdlar qoldirgan marhum uctozlardan; O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademiklari, O‘zbekiston Halq rassomlari, professorlari va ko‘plab taniqli rassomlar fakultet talabalariga tasviriy san’at sirlaridan saboq berishgan.
Xozirgi paytda esa fakultetda bir qancha O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademiklari, O‘zbekiston Xalq rassomlari, O‘zbekiston San’at arboblari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan YOshlar murabbiylari, professorlar, dotsent valar faoliyat yuritadi. Fakultetda asosiy va o‘rindosh ish o‘rinlarida, 9 nafar akademik, 5 nafar professor, 13 nafar dotsent, ja’mi 85 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy va o‘rindoshlik asosida kafedralar kesimida tahsil oluvchi 403 nafar talabalarga mutaxasislik fanlaridan saboq berib keladilar.
Fakultet tarkibida 4ta kafedra faoliyat yuritadi. Bulardan; “Dastgoxli rangtasvir”, “Maxobatli rangtasvir”, “Teatr bezagi rangtasviri ”, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedralaridir. Fakultetning mazkur kafedralarida bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sakkizta, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha esa oltita yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ular institutni bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgandan keyin respublikaning barcha maktab va tasviriy san’atga ixtisoslashgan kollejlarida, respublika taetrlari, kinostudiyalari, nashryotlari, tasviriy san’at galereeyalari xamda muzeylarida o‘z faoliyatlarini olib borishadi.

 

FAKULTET KAFEDRA VA YO‘NALISHLARI HAQIDA MA’LUMOT

Tasviriy san’at fakulteti to‘rtta kafedradan tashkil topgan bo‘lib, ular:
1. “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi
2. “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi
3. “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi
4. “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi

Ushbu kafedralar tarkibida quyidagi bo‘limlar mavjud;
Ta’lim yo‘nalishlari: Rangtasvir – 5150800
1. “Dastgohli rangtasvir” – 5150800
2. “Kasbiy ta’lim Dastgohli rangtasvir” – 5111000
3. “Mahobatli rangtasvir” – 5150800
4. “Teatr bezagi rangtasviri” – 5150800
5. “Filmning tasviriy echimi” – 5150800
6. “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi” – 5150800
7. “Kitob grafikasi-5151000
8. “Xattotlik va miniatyura” – 5151000

 

Bundan tashqari Tasviriy san’at fakultetining Bakalavr ta’lim yo‘nalishidan keyingi, Magistratura yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, Ular;


1. Rangtasvir (Mahobatli) magistratura mutaxassisligi (5A150804)
2. Tasviriy va amaliy san’at bezagi magistratura mutaxassisligi (5A150201)
3. Rangtasvir (Dastgohli) magistratura mutaxassisligi (5A150800)
4. Kino telefilmning tasviriy echimi magistratura mutaxassisligi (5A150802)
5.Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi magistratura mutaxassisligi (5A150803)
6. Xattotlik va Miniatyura magistratura mutaxassisligi (5A151002)