MAHOBATLI RANGTASVIR KAFЕDRASI

Kafedrasi mudiri:
Ilxomjon Isroiljonovich Xalilov
Ilmiy darajasi:
Ilmiy unvoni:
Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon:
E-mail:
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasi tarixi
1945-yili Toshkent shahrida O‘rta Osiyo davlat teatr san’ati instituti tashkil etilib.
1948-yili A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti Teatr rassomligi, Dastgohli rassomligi, Kitob grafikasi va Haykaltaroshlik bo‘limlari tashkil etilgan. 1954-yilda badiiy oliy ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Institutning rangtasvir kafedrasi boshqa kafedralar ochilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan 1966-yili Mahobatli rangtasvir bo‘limi ochilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Presidentining 1997-yil 11-martdagi Farmoniga asosan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Tasviriy san’at fakultetining tarkibidagi kafedralardan biri. Kafedrada O.K.Tatevosyan (kafedra mudiri), R.A.Axmedovlar va V.A.Riftin kabi rassomlar ilk pedagoglar sifatida faoliyat yuritgan.
Mahobatli rangtasvir kafedrasida ishlagan professor – o‘qituvchilar: Ch.T.Axmarov, V.I.Jmakin, V.I.Drigin, V.I.Burmakin, O.M.Muinov, A.F.Mazitov, YU.V.CHernыshov, R.Kryukova, M.A.Abidjanova, Erkin Nazarov, Ozod Xabibulin, B.Boboyev.
1969-1972 yillar davomida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, professor Chingiz Axmarov Mahobatli rangtasvir kafedrasida faoliyat yuritgan.
1966-1992 yillar mobaynida birinchilardan Valentin Ivanovich Jmakin kafedra mudiri vazifasini bajargan.
Kalanov, Prudnikov, Sabzali Sharipov, R.Xudayberganov, S.Raxmonov Mahobatli rangtasvir bo‘limining ilk bitiruvchilardan bo‘lgan.
1991-yilda institut Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti deb o‘zgartirildi.
Kafedra mudiri Valentin Ivanovich Jmakindan so‘ng quyidagi kafedra a’zolaridan kafedra mudiri lavozimi faoliyatini bajarganlar
1992-1997 yillar oralig‘ida G.K.Kadirov,
1997-2000 yillarda R.A.Xudayberganov,
2000-2011 yillarda Orif Muinov,
2011-yilda N.SH.SHoabdurahimov Mahobatli rangtasvir kafedra mudiri vazifasida bo‘lgan.
2011-2020 yillarda Sh.R.Jumaniyazov
2020-2022 yillarda I.I.Xalilov
2022-2023 yillarda J.A.Tuyakov
2023-2024 yillarda B.S.Obidov
2024-yilda hozirgi vaqtda I.I.Xalilov “Mahobatli rangtasvir” kafedra mudiri vazifasini sidqidildan rahbarlik qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademik professorlari: Bohodir Jalolov, Gafur Kadirov, Alisher Alikulov;
O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq rassomi Rustam Xudayberganov, Aleksandr Tyurin;
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsentlar Sodiq Raxmanov, Chori Bekmirov;
Kafedraning professor Sh.Jumaniyazov hamda V.Xapov va B.Obidovlar dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelishmoqda.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Yosh ijodkorlar uyushmasi a’zolari J.Tuyakov, Z.Farmonov, F.Sattorov, Z.Usmonaliyev kabi yosh mutaxassis pedagoglar ishlab kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 5 ta professor, 4 ta dotsent, 2 ta v.b.dotsent hamda 2 ta katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislik fanlari bo‘yicha 20 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashr ettirilgan.
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasining maqsadlari
Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Badiiy akademiyasida va badiiy ijodga taalluqli ijodiy faoliyat va arxitektura, jamoa binolari, landshaft, dam olish maskanlarida monumental badiiy bezakka oid kompleks masalalarni yechish. Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat obyektlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasining vazifalari
-jamoa binolarida tasviriy va amaliy bezak san’ati kompozitsiyasini yaratish;
-tasviriy va amaliy bezak asarlarini texnologiyasini ishlab chiqish;
-devoriy rangtasvir, sgraffito, mozaika, vitraj, gobelen (badiiy to‘qimachilik),
-rangli suvoq va amaliy san’at turlarini ishlab chiqish;
-arxitektura, jamoa binolari, landshaft, dam olish maskanlarida monumental badiiy bezakka oid kompleks tasviriy va amalmiy bezak rasmlarini loyihalash;
-arxitektura, jamoa binolari, landshaft, dam olish maskanlarida bezak ishlarini modifikatsiyalash;
-arxitektura, jamoa binolari, landshaft, dam olish maskanlarida arxitektura va monumental bezak san’ati sintezini amalga oshirish;
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasining professor-o'qituvchilar tarkibi

Xalilov Ilhomjon Isroiljonovich
1984-yil 7-mart sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2009-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – mahobatli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi mudiri, dotsent. Pedagogik staji – 15 yil. 50 dan ortiq ijodiy hamda 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Mahobatli rangtasvirda ashyoda ishlash.
Email: ilhomboyhalilov7@gmail.com

Xudayberganov Rustam Adambayevich
1946-yil 10-iyun sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy.1979-yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – monumental dekorativ bezak rassomi. Mahobatli rangtasvir kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq rassomi, San’at va madaniyat fidokori. Pedagogik staji – 33 yil. 70 dan ortiq ijodiy hamda 20 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Kompozitsiya, Loyihalashda maket va rangtasvir texnika texnologiyasi.
Email: rustam1946@mail.ru

Djalalov Bohodir Fazletdinovich
1948-yil 27-may sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1974-yil I.Y.Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va arxitektura institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – rangtasvir, rassom, pedagog. Mahobatli rangtasvir kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi. Pedagogik staji –27 yil. 70 dan ortiq ijodiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Mahobatli rangtasvirda badiiy yechim, Mahobatli chizmatasvirda badiiy yechim, Monumental san’at kompozitsiyasi, Ashyoda ishlash.
Email:bahodirjalal@gmail.com

Kadirov Gafur Kobilovich
1958-yil 28-dekabr sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1984-yili V.I.Surikov nomidagi Moskva davlat rassomlik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – mahobatli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi. Pedagogik staji – 40 yil. 70 dan ortiq ijodiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Kompozitsiya.
Email:gafur_58@mail.ru

Alikulov Alisher Maxmudivich
1966-yil 20-noyabr sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1995-yili Toshkent davlat san’at institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – mahobatli rangtasvir rassomi. Mahobatli rangtasvir kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi. Pedagogik staji – 20 yil. 70 dan ortiq ijodiy va 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Kompozitsiya.
Email:alisher_alikulov@rambler.ru

Jumaniyazov Shixnazar Raximberganovich
1987-yil 30-may sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2010-yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – dastgohli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi v.b.professori, Pedagogik staji – 14 yil. 40 dan ortiq ijodiy va 30 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, Kompozitsiya, Loyihalashda maket va rangtasvir texnika texnalogiyasi, Mahobali rangtasvirda ashyoda ishlash.
Email:Shixnazar-87@mail.ru

Raxmanov Sadiqjon Mo‘minovich
1950-yil 22-iyun sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1975-yili Toshkent teatr va rasssomlik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – mahobatli san’at bezakli rassomi. Mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi, Pedagogik staji – 54 yil. 80 dan ortiq ijodiy va 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir, Kompozitsiya, Loyiha va maket.

Tyurin Aleksand Ivanovich
1959-yil 4-noyabr sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1988-yili Toshkent teatr va rasssomlik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – mahobatli dekorativ san’ati rassomi. Mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Pedagogik staji – 37 yil. 50 dan ortiq ijodiy va 12 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir.
Email: tyurin59@mail.ru

Bekmirov Chori Djumayevich
1949-yil 20-dekabr sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1979-yili Toshkent teatr va rasssomlik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –Rangtasvirchi rassom. Mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, Pedagogik staji – 27 yil. 50 dan ortiq ijodiy va 12 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir.

Xapov Vasiliy Nikolayevich
1975-yil 6-mart sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2002-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –Mahobatli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi v.b. dotsenti, Pedagogik staji – 14 yil. 50 dan ortiq ijodiy va 15 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir.
Email:vasiliy.hapov@yandex.ru

Rajabov Umarbek Zaripbayevich
1985-yil 29-may sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2013-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Dastgohli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi v.b. dotsenti, Pedagogik staji – 11 yil. 50 dan ortiq ijodiy va 15 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Loyihalashda maket va rangtasvir texnika texnalogiyasi.
Email:umarrazabov5@gmail.com

Obidov Baxtiyor Sayfullayevich
1972-yil 17-mart sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –Mahobatli rangtasvir san’ati musavviri. Mahobatli rangtasvir kafedrasi katta o‘qituvchi, Pedagogik staji – 17 yil. 50 dan ortiq ijodiy va 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir, Kompozitsiya.

Tuyakov Jamoliddin Arabboy o‘g‘li
1994-yil 31-may sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2019-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –Tasviriy va amaliy bezak san’ati. Mahobatli rangtasvir kafedrasi katta o‘qituvchi, Pedagogik staji – 6 yil. 40 dan ortiq ijodiy va 15 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Mahobatli rangtasvirda ashyoda ishlash.
Email:j_tuyakov94@mail.ru

Farmonov Ziyodulla Niyozmurodovich
1990-yil 14-may sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2017-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Dastgohli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi o‘qituvchi, Pedagogik staji – 8 yil. 50 dan ortiq ijodiy va 15 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir.
Email:Farziyo5690@gmail.com

Sattorov Farid Farxodovich
1992-yil 30-yanvar sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2018-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Tasviriy va amaliy bezak san’ati. Mahobatli rangtasvir kafedrasi o‘qituvchi, Pedagogik staji – 7 yil. 40 dan ortiq ijodiy va 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir, Chizmatasvir.
Email:sattorovfarid149@gmail.ru

Usmonaliyev Zaynobiddin Adhamjon o’g’li
1997-yil 8-noyabr sanasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2022-yili Kamolliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –Mahobatli rangtasvir. Mahobatli rangtasvir kafedrasi o‘qituvchi, Pedagogik staji – 3 yil. 30 dan ortiq ijodiy va 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Mahobatli rangtasvir texnika texnalogiyasi.
Email:usmonaliyevzaynobiddin1@gmail.com
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasida mavjud yo'nalishlar
Mahobatli rangtasvir – tasviriy san’atning realistik maktab an’analarini o‘rganish, kompozitsion izlanishlarda hozirgi zamon tasviriy san’atining yangi qirralarini egallash, yaratilayotgan badiiy rangtasvir asarining jamiyatdagi ahamiyatini anglash, his etish va uning badiiyligini oshirish, ifodali shaklini yaratish, soya va yorug‘likning mutanosibligi, tonlarning o‘zaro nomunosabatligini saqlagan holda, badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish mahoratini oshirib borish ko‘zda tutilgan. Bino mavzusi va obraziga mos, binoning me’moriy elementlarini hisobga olgan holda, kompozitsiya yaratish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasi tomonidan o'tiladigan fanlar
- Chizmatasvir
- Rangtasvir
- Dekorativ rangtasvir
- Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari
- Kompozitsiya
- Mahobatli rangtasvirda ashyoda ishlash
- Loyihalash va maket
- Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi
- Mahobatli rangtasvirda badiiy yechim
- Mahobatli chizmatasvirda badiiy yechim
- Monumental san’at kompozitsiyasi
- Ashyoda ishlash
- Arxitektura va kompozitsiya asoslari
"Mahobatli rangtasvir" kafedrasining uslubiy va ilmiy ishlari
2020-2025 yillar mobaynida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 15 ta o‘quv qo‘llanma, OAK e’tirof etgan jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar, Xorijiy jurnallarda 30 ga yaqin maqolalar chop etilgan.
Innovatsion hamkorlik
Bugungi kunda Mahobatli rangtasvir kafedrasining quyidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud:
· P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan passomlik maktabi
· O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi
· O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ko‘rgazmalar zali