Document

DASTGOHLI RANGTASVIR KAFEDRASI

Kafedramudiri: Xaitov Eshmamat  Xaqberdievich

Qabul kunlari:Chorshanba:15:00-17:00 Juma: 15:00-17:00

Telefon raqami: +998 90 189-84-73

E-mail:rangtasvir@mail.ru

Kafedra haqida umumiy ma’lumot:

1954 yilda Teatr san’ati instituti qoshida ochilgan tasviriy san’at oliy badiiy ta’limi mamlakatimiz tasviriy san’ati rivojida muhim omil bo‘ldi va yillar mobaynida nafaqat mamlakatimiz, balki O‘rta Osiyo Respublikalari uchun mutaxassislar tayyorlash vazifasini mas’uliyat bilan bajarib keldi. Oliy badiiy ta’limni yo‘lga qo‘yishni mashhur rassomlar R.A.Ahmedov, O.Tatevosyanlar  boshlab berdilar. Ushbu fakultetni tashkil etilish jihati I.E.Repin institutining mamlakatimiz uchun tayyorlagan bitiruvchilari bilan ham bog‘liq edi. Ular 1953 yilda bitirgan bo‘lsalar, 1954 yilda badiiy oliy ta’lim yo‘lga qo‘yildi.   Rangtasvir kafedrasi boshqa kafedralar ochilishiga sabab bo‘ldi va yadrosi xisoblandi. Birinchi qabul 1954 yil bo‘lib, O.K.Tatevosyan  yangi yosh kadrlardan endigina Leningrad I.E Repin institutini tamomlagan R.A Axmedovlar boshlab berganlar. Dastlab birinchi kursga 22 talaba qabul qilindi va 1960 yil birinchi bitiruv bo‘lib o‘tdi. 1956 yil rangtasvir guruxi ikkiga – dastgohli va teatr bezagi  ixtisosliklariga ajratildi.

     Birinchi pedagoglardan kafedra mudiri O.K.Tatevosyan, R.A. Axmedovlar va o‘sha yillar V.A. Rыftin, dars berishgan.      1955 yili institutga T.A.Oganesov, Elizarov. M.SHirovskiy – ( anatomiyadan) dars berish uchun taklif qilindi. 1956 yili institutga taklif qilindi B.I.Urmanchi, V.S.Podgurskiy, A.A.Gadetskiy, kafedraga Dudnik raxbarlik qildi. 1957 yil A.A Krivonos taklif qilingan.             1958 yili kafedraga I.E.Repin institutini tamomlagan kadrlar qabul qilindi, bular N.M.Kuzыbaev va V.P.Zelikov. 1959 yili kafedraga V.I.Ufimsev, P.P.CHelыshev, T.P.Reshitnekova, I.YA.Valdenberg va M.A.Saidovlar taklif etildi.

     1960 yili Xarkov institutini tamomlagan V.M.Kovinin kafedraga qabul qilindi.    1961 yili rangtasvir kafedrasi mustaqil xayot boshlaydi. Uni birinchi kafedra mudiri bo‘lib dotsent v/b R.A.Axmedov saylandi, keyinchalik M.A.Saidov va N.M.Kuzыbaev kafedra mudiri bo‘lishgan. Kafedrada ishlaganlar A.A.Godetskiy, V.A.Rыftin, CH.G.Axmarov, A.A.Goldrey, P.A.YUrovskiy, P.P.Matsexa, K.Saloxitdinov, T.P.Reshetnikova, B.SHupak, V.P.Sasedov, V.I.Jmakin, Vizel, A.P.Perov, Nichaev, G.V.Moiseev, V.L.Jdanov. SHu erda o‘zini pedagoglik faoliyatini yangi institutni bitiruvchilaridan Pak N.S., Limakov I.N., Babaev B.M., Baxramov I.B, Zarkin YU.I          Kafedraga I.E Repin institutini yangigina tamomlab kelgan kadrlar qo‘shilishdi, bular: 1976 yil M.N.Nuriddinov, S.A.Abdullaev, 1977 yil G‘.A.Artiqoov, 1979 yil S.G.Raxmetov. O‘zimizni institutni tamomlaganlardan 1977yil R.Z.Rizomuxamedov, keyinchalik qo‘shilishdi, M.E.Toshmurodov, J.Rahmanov. R.A.Ahmedov o‘ziga asstent qilib A.T.Ikromdjonovni taklif qildi.

     1991 yildan to 1996 yilgacha G‘.A.Artiqov kafedra mudiri bo‘ldi. Keyin S.A.Abdullaev kafedraga rahbarlik qildi. M.Nuriddinov bir yil kafedra mudiri lavozimida o‘tirdi, keyin bir necha yil B.M.Babaev kafedraga rahbarlik qildi, keyin yana S.A.Abdullaev kafedraga mudir bo‘ldi, keyin I.YUsupov ikki yil kafedra mudiri bo‘ldi va  M.Irgashevga topshirdi.

     2012 yil M.Irgashev Dastgohli rangtasvir kafedrasi mudirligi lavozimini 2002 yil Italiyadagi A.Galli nomidagi Italiya nafis san’ati Badiiy Akademiyasida tahsil olib imtiyozli tamomlab qaytib 10 yil davomida K.Behzod nomidagi MRDIda pedagoglik faoliyatini yuritgan E.Xaitovga topshirdi. Hozirda Dastgohli rangtasvir kafedrasi mudiri E.Xaitov kafedraga sidqidildan raxbarlik qilib kelmoqda.

Dastgohli rangtasvir kafedrasi.

Ta’limning dastgohli rangtasvirdan boshlanishi mamlakatimizning rassomlik bilim yurtlari va mazkur institut uchun ham rangtasvir va chizmatasvir fanlaridan o‘qituvchilar etkazib berish maqsadi ko‘zlangan edi. Ochilgan rangtasvir bo‘limiga 22 talaba tanlab olindi. Bir vaqtning o‘zida kafedra tashkil etildi va uning birinchi rahbari sifatida professor O.K.Tatevosyan tasdiqlandi.

Ushbu kafedraning e’tiborli jihati taniqli rassomlar rahbarligidagi personal ustaxonalar tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu an’ana hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Hozirda kafedrada 25 ta taniqli pedagog rassomlar foliyat yuritib kelishmoqda. SHulardan, A.V.Nuridinov (Akmal Nur) O‘zbekiston Badaiiy Akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, Rossiya Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; Y.Tursunnazarov O‘zbekiston  Respublikasi San’at arbobi,O‘zbekiston Davlat mukofoti lauriati, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi  akademigi,  professor; S.A.Abdullaev O‘zbekiston  Respublikasi San’at arbobi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi,  professor;  J.YU.Umarbekov  O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi  akademigi, Rossiya Badiiy Akademiyasi akademigi, Ukraina Badiiy Akademiyasi akademigi, Qirg‘iziston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor;  A.T.Mirzaev O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi  akademigi, Rossiya Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; A.T.Ikromjonov O‘zbekiston halq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; S.G‘.Raxmetov O‘zbekiston halq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi,  professor; M.N.Nuritdinov O‘zbekiston halq rassomi, professor.  M.E.Toshmurodov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan YOshlar murabbiysi, O‘zbekiston Respublikasi   San’at arbobi, “Turon” Fanlar Akademiyasi akademigi, professor.  G‘.A. Artiqov – O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan “YOshlar  murabbiysi”, professor; Z.Faxrutdinov Mehnat SHuxrati ordeni sohibi. O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, “Turon” Fanlar Akademiyasi akademigi professor.   F.Axmadaliev O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi  akademigi,  Do‘stlik ordeni sohibi, professor, talabalarga tasviriy san’at sirlaridan saboq berib kelmoqdalar.

Dastgohli rangtasvir va kasbiy ta’lim Dastgohli rangtasvir yo‘nalishida tahsil olib tugatgan talabalar kelajakda bo‘lajak professional rassom, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha pedagog-o‘qituvchilar bo‘lib etishib chiqishi ko‘zda tutilgan.

 

Ta’lim yo‘nalishlari:

  1. 5150800 – Rangtasvir dastgohli
  2. 5111000 – Kasb-ta’limi (Rangtasvir dastgohli)

 

Magistratura mutaxassisliklari:

  1. 5A150800 – Rangtasvir dastgohli

  

Kafedrada olib boriladigan fanlar:

 Dastgohli rangtasvir ta’lim yo‘nalishi uchun:

 Chizmatasvir 
 Rangtasvir 

 kompozitsiyasi

 ashyoda ishlash

Materialshunoslik, rangtasvir texnika  texnologiyasi  

 Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari

 Jonli odam qomatidan anatomik chizmatasvir

 

 Kasb- ta’limi (Rangtasvir- dastgoxli) ta’lim yo‘nalishi uchun:

Chizmatasvir 
 Rangtasvir 

 kompozitsiyasi

 ashyoda ishlash

Materialshunoslik, rangtasvir texnika  texnologiyasi  

 Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari

 Jonli odam qomatidan anatomik chizmatasvir

Bitiruvchilar ish joylari:

  1. Dizayn studiyalar – rassom
  2. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Institut, lisey va maktablarda – o‘qituvchi.

Kafedra tarkibi:

Bugungi kunda kafedrada 25 nafar professor-o‘qituchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 12 nafari professor, 3 nafari dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari o‘qituvchi.