Document

TILLAR VA ADABIYOTLAR KAFEDRASI

TILLAR VA ADABIYOT KAFEDRASI MUDIRI: Malika Alisherovna Ulmasbayeva

Qabul vaqti: Dushanba: 15.00-17.00  CHorshanba: 15.00-17.00

Telefon:(+99890) 992-54-11

E-mail: malika.zhd@gmail.com

«Tillar va adabiyot» kafedrasi tarixi

“Tillar va adabiyot” kafedrasi 1997 yil avgust oyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Kafedrada 1 ta filologiya fanlari doktori – professor, 1 ta filologiya fanlari nomzodi – dotsent, shuningdek, 3 ta katta o‘qituvchi va 4 ta malakali o‘qituvchilar ham ta’lim beradi.

Kafedraning maqsadi talabalar ijodiy va g‘oyaviyـma’naviy saviyasini shakllantirish, og‘zaki, yozma nutq ko‘nikmalarini va imlo savodxonligini rivojlantirish, ularni badiiy adabiyotdan bohabar etish hisoblanadi.

Kafedrada quyidagi fanlardan bakalavr va magistr bosqichlarida darslar olib boriladi:

  • Xorijiy til (ingliz tili)
  • O‘zbek tili
  • Rus tili
  • Jahon va o‘zbek adabiyoti tarixi
  • Notiqlik san’ati
  • Nutq madaniyati

“Tillar va adabiyot” kafedra professor-o‘qituvchilarining nashr etilgan o‘quv adabiyotlar va erishgan yutuqlari.

So‘ngi yillarda Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan  o‘qitalayotgan barcha fanlar bo‘yicha ishchi dasturlar xamda o‘quv uslubiy majmualar xalqaro standartlar, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqiladi. Jumladan kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan  “Russkiy yazыk”,  “Uzbek Art Painters” ,“English for art and design students II”, “English for art and design students III”, “Xorijiy til”  nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari (san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarning 1-2-3-kurs talabalari uchun) nashr etilgan. O‘quv qo‘llanmalar Institutimiz ixtisosligidan kelib chiqqan xolda san’at va dizayn sohasida ta’lim oluvchi talabalarga moslashtirilgan, ya’ni xorijiy tilni maqsadli o‘qitishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, o‘zbek tili fanidan elektron uslubiy qo‘llanma yaratildi va davlat ro‘yxatidagi raqam bilan hujjatlashtirildi. 

Hozirgi vaqtda institutimiz talabalari uchun rus, ingliz, koreys tillarida “Изучаем Руский язык”, “Lat’s learn English”, “Koreys tilini o‘rganamiz” nomli to‘garaklar faoliyati ham olib borilmoqda.