Document

BADIIY KULOLCHILIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri:       Komiljon Boymirzaevich Siddikov

 

Qabul kunlari:         Payshanba, Juma, Shanba.

Tel:                            (94) 569 44 33

                                   (90) 347 08 77

e-mail:                        kmbt@mrdi.uz

 

     Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasida 3 ta bakavalavr yo‘nalishi; 2 ta magistratura yo‘nalishlaridan iborat:

Bakalavr yo‘nalishlari:

  • Badiiy kulolchilik yo‘nalishi,
  • Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash yo‘nalishi,
  • Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash yo‘nalishi

Magistratura yo‘nalishlari:

  • Badiiy kulolchilik.
  • San’at asarlari me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash.

     

   “Badiiy kulolchilik”  kafedrasi 1997 yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti Toshkent teatr va rassomchilik institutidan ajralib chiqqandan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. SHunday kilib bu mutaxassislik xozirgi kunda «Badiiy kulolchilik» nomi bilan mashhur bo‘lib, respublikamizda eng noyob soxalardan biri bo‘lgan, kadimgi, O‘rta asrlar va xozirgi zamon moddiy, madaniy va kulolchilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan yagona markaz vazifasini bajarib kelmokda.

    “Badiiy kulolchilik” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv ilmiy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda respublikamizning kulolchilik sohasida juda katta tajriba ega bo‘lgan butun umrini shu sohaga bag‘ishlangan mutaxassislar jalb etilgan. Badiiy kulolchilik kafedrasi tashkil topilgan paytda kafedrada Erovoy, Raximov, Auchieva, Sultonmuratov, A. Boymatov, S. Bondareva, A. Turg‘unov, R. YAngiboev, T. Ganshina kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan. Hozirgi kunda Badiiy kulolchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar: kafedra mudiri: K. Siddiqov, s.f.n Doktori S.Alieva, Dotsent. F. Toshmuxamedov, dotsent D. Tashxodjaeva, dotsent. B. Abdasalomov,  o‘qituvchi U.Abduvaxobovlardir.

  «Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash» 1976 yili Toshkent Teatr va rassomchilik institutining «Inter’erni loyixalash» bo‘limida boshlanib, 1983 yili yangi tashkil kilingan «Me’moriy bezaklarni ta’mirlash» guruxi bilan birlashtirilib «Me’moriy bezaklarni ta’mirlash, inter’erni jixozlash» mutaxassisligiga asos solindi va • ‘1997 yili Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy ras­somlik va dizayn instituti tarkibida maxsus «Tarixiy yodgorliklarni ‘ta’mirlash» mutaxassisligiga aylantirildi. SHunday kilib bu mutaxassislik xozirgi kunda «Me’moriy edgorliklar bezagini ta’mirlash» nomi bilan mashxur bo‘lib, respublikamizda eng noyob soxalardan biri bo‘lgan, kadimgi, O‘rta asrlar va hozirgi zamon moddiy, madaniy va me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash buyicha mutaxassislar tayyorlaydigan yagona markaz vazifasini bajarib kelmokda.

     «Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv ilmiy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda respublikamizniig ta’mirlash va yodgorliklarni o‘rganishda juda katta tajribaga ega bo‘lgan butun umrini shu sohaga bag‘ishlagan mutaxassislar jalb etilgan. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor A.A.Abdurazzoqov, V.V.Luneva, arxitektura fanlari doktori, professorlar I.M.Azimov va M.A.YUsupova, professor K.S.Kryukov, fan nomzodlari, dotsentlar B.A.Turg‘unov, SH.I.Ilhomov, Z.SH.Dosmetova, F.X.Islomov, B.Abdusalomov, SH.Nurmuhammedova, katta o‘qituvchilar N.Axmedov, A.SHoyunusov. yosh o‘qituvchilardan I..Jonieva va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan va ko‘rsatib kelishmokda.

      «Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash» ixtisosligi 1999 yilda ilk bor Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tarkibida «Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash» mutaxassisligi tashkil kilindi. Bu tadbir qiska davr mobaynida o‘z so‘zini aytishga ulgurdi va bu borada kuzga ko‘rinarli muvaffakiyatlarga erishildi. 2004 yildan bu ixtisoslik bo‘yicha tayyorlangan ilk mutuxassislar xalqaro ko‘pgina arxeologik ekspeditsiyalar tarkibi, respublikamizning turli muzeylari, jumladan, O‘zbekiston xalklari tarixi Davlat muzeyi, San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi. San’at mu­zeyi, Termiz arxeologiya muzeyi ta’mirlash laboratoriyalarida o‘z faoliyatlarini olib bormokda.

    «Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash» ixtisosligi bo‘yicha institutda respublikamizning etakchi malakali mutaxassislar, o‘quv ilmiy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda respublikamizda ta’mirlash va yodgorliklarni o‘rganish uchun juda katta tajribaga ega bo‘lgan, butun umrini shu sohaga bag‘ishlagan mutaxassislar jalb etilgan. Ular orasida O‘zbekistan Respublikasi fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor A.A.Abdurazzoqov, V.V.Luneva, fan nomzodlari, dotsentlar B.A.Turg‘unov, SH.I.Ilhomov. F.X.Islomov katta o‘qituvchilar N.Axmedov, dotsent I.YO.Jonieva Arxitektura fanlari doktori A.F.O‘lmasov, katta o‘qituvchi D.Xaytmetov,yosh o‘qituvchilar X.Umarov,S.Abdudaeva,SH.Mustafoev va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan va ko‘rsatib kelishmokda.

Ushbu nomlari qayd qilingan professor-o‘qituvchilar ko‘pgina xalqaro va mahalliy ilmiy va amaliy anjumanlarda faol qatnashib o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etib, yosh avlodga o‘z bilimlarini mukammal o‘rgatib kelishgan va kelmoqdalar.

Bakalvavr yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislik fanlar.

Badiiy kulolchilik yo‘nalishi: Kompozitsiya asoslari, Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, Badiiy kulolchilikda ashyolar texnologiyasi, Badiiy kulolchilikda loyixalash, Texnologik loyixa, Badiiy kulolchilikda ashyolarda ishlash, Materialshunoslik, Mutaxassislik bo‘yicha haykaltaroshlik, Badiiy kulolchilik san’ati tarixi,   Mayda plastika.

Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash yo‘nalishi: Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari,  Me’moriy bezak turlari,  Foto asoslari, Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlashda loyixalash,  Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlashda ashyoda ishlash,  Haykaltaroshlik,  ,  Materialshunoslik,  Ashyolar texnologiyasi, MYOBT asoslari,  Mutaxassislik bo‘yicha san’at tarixi.

Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash yo‘nalishi: ASAT asoslari, Arxeologiya asoslari,  Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari,  Amaliy san’at asarlarini ta’mirlashda loyihalash,  Amaliy san’at asarlarini ta’mirlashda ashyoda ishlash,  Ta’mirlashda polimerlarni qo‘llash,  Materialshunoslik, Amaliy san’at asarlarini ta’mirlashda ashyolar texnologiyasi, Mutaxassislik bo‘yicha haykaltaroshlik, Amaliy san’at turlari, Ta’mirlashda ish yuritish.

Magistratura  yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislik fanlar.

Badiiy kulolchilik yo‘nalishi:Kulolchilikda loyixalashning badiiy echimi,Badiiy kulolchilikda ashyoda ishlash, Zamonaviy badiiy kulochilik san’ati(tanlov fan)

       San’at asarlari me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash magistratura yo‘nalishi:Ta’mirlashda loyixalash,Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlashda ashyo bilan ishlash,Ta’mirlash tarixi va nazariyasi,Markaziy Osiyo me’morchiligi tarixi va nazariyasi(tanlov fan),Ilmiy tadqiqot usullari, ularning taxlili(tanlov fan).

      Kafedra professor-o‘qituvchilarining F.I.SH. va ilmiy darajasi:

Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni-10 ta

 

SHundan:

OAK professori: 1 nafar

OAK dotsenti-1 nafar

Institut dotsenti- 4 nafar

Katta o‘qituvchi- 2 nafar

O‘qituvchi-2 nafar

Kafedraning ilmiy salohiyati- 30 %

  1. Siddiqov Komil Boymirzaevich – kafedra mudiri
  2. Abdurazzoqov Abdug‘ani Abdurazzoqavich – professor, Tarix fanlari doktori.
  3. Tashxodjaeva Dilorom Voxidovna – dotsent
  4. Abdusalomov Baxtiyor Ubaydullaevich – dotsent
  5. Islomov Feruz Hoshimovich – dotsent
  6. Dosmetova Zuxra SHavkatovna – dotsent, Arxitektura fanlari nomzodi
  7. Jonieva Iroda YOqubovna – dotsent
  8. Xaytmetov Dilshod To‘raevich –katta o‘qituvchi
  9. Abdudaeva Sadoqat – o‘qituvchi
  10. Umarov Xasanboy – o‘qituvchi

O‘rindoshlar :

  1. Saidova Sayyora Jo‘raevna – ASF dekani. dotsent
  2. 2. Alieva Surayyo – dotsent Sanatshunoslik fanlari doktori
  3. 3. Nurmuxamedova SHoira – dotsent, Arxitektura fanlari nomzodi
  4. 4. Toshmuxamedov Farxod Eminovich – dotsent
  5. 5. Nozilov Doda Avezovich – professor
  6. O‘lmasov Amal – o‘qituvchi Arxitektura fanlari doktori
  7. Mustafoev SHaxboz – o‘qituvchi
  8. Abduvohobov Ulug‘bek Mirzabaxromovich – o‘qituvchi