Mahallamiz obodligi – yurtimiz farovonligi

Joriy yilning 16 mart sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik diayn instituti “Navro‘z” umumhalq bayramini keng nishonlashga tayorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan amalga oshiriladigan chora – tadbirlar rejasiga muvofiq qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Jumladan, Tasviriy san’at fakulteti Teatr bezagi rangtasviri kafedrasiga biriktirilgan “Zaminobod” MFY raisi O.Muxamedov bilan birgalikda mahallada yolg‘iz va nogironlar hol-ahvollaridan xabar olish to‘g‘risida muloqot qilindi.  Mahallaning “Marg‘ilon” ko‘chasi 126-uyida istiqomat qilayotgan yolg‘iz keksa ayol M.Sharipovaning uyiga mahalla raisi O.Muhamedov kafedra mudiri A.Ortiqov, katta o‘qituvchi U.Nig‘matov va talaba yoshlar tashrif buyurdi. M.Sharipova yolg‘iz nafaqadagi fuqaro ekanligi sababli uning uyidagi tartibsiz holatga kelgan xonalar va hovli qismidagi anjomlar tartibga keltirildi. Uyda  obodonlashtirish hamda tozalash ishlari o‘qituvchilar va talabalar tomonidan amalga oshirildi.

Mahobatli rangtasvir kafedrasiga biriktirilgan “Birodarlik” MFY raisi V.Omonlikov bilan xamkorlikda mahallada yolg‘iz va nogiron aholidan  hol-ahvoli so‘rash va uy ishlarida yaqindan yordam berish maqsadida ma’lumot olindi. Ulardan Qizil arvat ko‘chasi 27a uyda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi  G.Alekparovaning uyiga borildi. Ikkinchi mahalla fuqarosi  Mirzajahongir 1-tor ko‘chasi 6-uy atrofi tozalandi.

Mirzajahongir ko‘chasi 11-uyning 4-xonadonida yashovchi yolg‘iz keksa Z.Rahimovning xonadoni tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.