Bolalar musiqa va san’at maktabida ham rangtasvir san’ati bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti tomonidan  joriy yilning 13 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-sonli qarorida 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan, Yakkasaroy tumani 5-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish maqsadida rangtasvir bo‘yicha “Mahorat darsi” tashkil qilindi. Mahorat darsini Dastgohli rangtasvir kafedrasining yosh mutaxassis o‘qituvchilari Kamoliddin Hazratqulov va Avazbek Nasriddinovlar olib bordilar. Tasviriy san’atga qiziquvchi yosh  iste’dodli o‘quvchi qizlar bilan yaqindan suhbatlashib, shu soha bo‘yicha har xil uslubda ishlash metodlari o‘rgatildi.