O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 martdagi №87-01-132-sonli xati asosida hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida va ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilari o‘rtasida “Biz radikalizm, missonerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzusida seminar, davra suhbati va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazish belgilangan.

Rejaga muvofiq joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent shahar Narkologiya dispanseri va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Chilonzor tumani bo‘limi rahbari U.U.Turg‘unova va Toshkent shahar Narkologiya dispanseri Yakkasaroy tumani bo‘limi vrach-narkologi H.M.Yusupxodjaeva ishtirok etdi.

Seminarda tadbir ishtirokchilari yoshlar orasida zararli illatlarga qarshi kurashish borasida respublikada olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar va mavjud muammolar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, oilani muqaddas deb bilish, erta tug‘ruq, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikohning salbiy oqibatlari xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, davra suhbati so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.