“Creative Spark” oliy ta’limda tadbirkorlik” loyihasi

K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instiuti talabalari uchun 2019 yil 2 -4 may kunlari Britaniya Kengashi “Creative Spark” oliy ta’limda tadbirkorlik” loyihasi asosida seminar trening o‘tkazilmoqda. Seminar treningning maqsadi talabalarda tadbirkorlik faoliyatida fikrlashni rivojlantirish va ularning g‘oyalarini biznes loyihalarga aylantirish ko‘nikmlarini shakllantirishdan iborat.

Seminar treningning ilk kuni institutning ikkinsi o‘quv binosi(Askiya ko‘chasi 27 uy)  San’atshunoslik fakulteti 308-auditoriyada o‘tkazildi, unda TSF, DF va San’atshunoslik fakulteti talabalari qatnashdi. Ular bilan mentorlar S.Zakirova, A.Umarov, U.Zunnunova va N.Mannopovalar shug‘ullandilar. Mashg‘ulot davomida talabalar g‘oyalar generatsiyasini amalga oshirib, biznes muammoni aniqladilar, hamda biznes loyiha uchun g‘oyani shakllantirdi.

Mazkur seminar treningning keyingi bosqichlari  institutning asosiy binosi (Mironshoh ko‘chasi, 123 uy), 1-4 auditoriyada, soat 15.30 da davom etadi. Seminarning natijasida talabalarning biznes loyihalari Britaniya Kengashi tanlovga taqdim etiladi.