Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining iqtidorli va intiluvchan talaba-yoshlari diqqatiga!

Aynan sizlar uchun qishki ta’til davrida quyidagi onlayn tanlov va tadbirlar tashkil etilmoqda.

1. 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim” shiori ostida ijodiy tanlov.
(o’tkazilish muddati: 10-16-yanvar kunlari)


2. “Aql charxi” onlayn viktorinasi.
(o’tkazilish muddati: 18-yanvar)

3. “Ijodkor talabalar festivali” doirasida fleshmob, turli saytlar hamda “Facebook”, “Telegram” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlari orqali #ijodkor_talabalar_festivali, #Yoshlar_uchun xeshteglarini uyushtirish “MRDI_yoshlari” challenge.
(o’tkazilish muddati: 11-23 yanvar kunlari)

4. “Sportni sev – sport bilan yasha” shiori ostida talabalar o‘rtasida (daqiqasi 3 minutlik, hajmi 15 mb atrofida) videorolik onlayn musobaqasini o‘tkazish.
(o’tkazilish muddati: 10-20- yanvar kunlari)

5. “Muvaffaqqiyatga erishish sirlari” loyihasi.
(o’tkazilish muddati: 17-yanvar, soat 11:00)


6. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” mavzusida onlayn tasviriy san’at tanlovi.
(o’tkazilish muddati: 17-yanvar)

7. “Tillarda – Vatan madhi!” nomli audio sherlar tanlovi.
(o’tkazilish muddati: 10-22-yanvar kunlari)

8. “Bilimdon” onlayn olimpiadasi.
(o’tkazilish muddati: 19-yanvar)

9. Qо‘shiqchilik yо‘nalishi bо‘yicha “Havaskor xonanda” onlayn tanlovi.
(o’tkazilish muddati: 10-20-yanvar kunlari)

10. “Tafakkuringni sinab kо‘r” onlayn viderolik tanlovi.
(o’tkazilish muddati: 10-20-yanvar kunlari)

11. Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”ga bag’ishlangan “Inson qadri”, “Mening mahallam”, “Go’zal tabiat manzarasi” nominatsiyalari bo’yicha foto tanlov.
(o’tkazilish muddati: 12-22-yanvar kunlari)

Tanlov g’oliblari hamda onlayn tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalar-yoshlar yakuniy konsert dasturida diplom hamda TALABALAR STEPENDIYASINING IKKI BARAVARI miqdorida mukofotlanadi.


Aziz talaba-yoshlar ushbu tanlovlarda faol ishtirok eting va g’olib bo’ling!!!

UNUTMANG, BO’SH VAQTDAN UNUMLI FOYDALANISH ERTANGI MUVAFFAQIYAT GAROVI!