Bugungi kunda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham yurtimiz rivojiga munosib hissa qо‘sha oladigan yetuk mutaxassis-kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ma’lumki, barcha tashkilot va muassasalarda avvalo, qonun ustuvorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda ushbu ta’lim muassasasida ham prokuratura tomonidan tekshirish ishlari amalga oshirilgan edi.
Kuni kecha institut rahbariyati hamda professor-о‘qituvchilar ishtirokida ushbu tekshirish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishda о‘tgan vaqt davomida institutda yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarning barchasi birma-bir sanab о‘tilib, kelgusida qilinishi zarur bо‘lgan ishlar batafsil muhokama qilindi hamda barchamizning asosiy maqsadimiz davlatimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash, yurtimiz badiiy ta’limi sohasi rivojiga munosib hissa qо‘shish ekanligi alohida ta’kidlandi.