Talaba Sevara Ziyodullayevaning “Moziydan sado” nomli amaliy san’at asarlari ko’rgazmasi tashkil etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida iqtidorli talabalarning ijodini qо‘llab-quvvatlash maqsadida 2022 yil 8 iyun kuni institut kо‘rgazmalar foyesida Amaliy san’at va dizayn fakulteti Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Sevara Ziyodulloyevaning “Moziydan sado” nomli shaxsiy kо‘rgazmasi tashkil etildi. Kо‘rgazmani institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Dilafrо‘z Qurbonova ochib berdi hamda bugun yoshlarga о‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani, yoshlar esa ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda о‘z kasbining yetuk mutaxassisi bо‘lishlari zarurligini ta’kidlab, ijodkor yoshlarga omad tiladi.

Shuningdek, Sevara Ziyodulloyevaning ustozi Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari nomzodi Zuhra Dо‘smetova ham sо‘zga chiqar ekan, bugungi yoshlarning  faolligidan g‘oyatda mamnun ekanligini, bu ham bо‘lsa yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxо‘rlik samarasi ekanligini alohida ta’kidlab о‘tdi. Tadbir sо‘ngida institut rahbariyati tomonidan Sayyora Ziyodulloyeva ijodiga ulkan zafarlar tilagan holda  diplom va esdalik sovg‘alari  topshirildi.

Institut jamoasi Sayyoraning bundan keyingi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.