Maktablar va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlik ishlari.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti Libos dizayni kafedrasi mudiri Umida Xodjayeva, kafedra о‘qituvchilari Sayyora Nishanova va Ma’suda Irgashevalar 2022-yil 6-iyun kuni Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabining “Tikuvchilik” kasbi bо‘yicha tahsil olayotgan о‘quvchilarga  institut tarixi, fakultet va kafedralari faoliyati, ta’lim jarayonlari, qabul imtihonlari, tayyorlov kurslari tо‘g‘risida ma’lumot berdilar. Shuningdek, institut talabalarining ijodiy ishlaridan namoyish etib, tanishtirdilar.  Institut ustozlari tomonidan о‘quvchilarning barcha  savollariga batafsil javob berildi.