AMALIY SAN’AT VA DIZAYN FAKULTETIDA BMI HIMOYALARI BO’LIB O’TMOQDA

15-iyun sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining barcha fakultetlari kabi Amaliy san’at va dizayn fakultetida ham Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bо‘lib о‘tmoqda. Xususan 5150900-Dizayn (Kompyuter grafikasi va badiiy foto) yо‘nalishidan 14 nafar hamda 5150900-Dizayn (Reklama va amaliy grafika) yо‘nalishidan 15 nafar talabalar Bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli  ximoya qilishdi. Bitiruv malakaviy ishi himoyasida institut rektori Abbosjon Mirzoraximov va rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, O‘quv ishlari bо‘yicha prorektor Hasan Qaytarovlar ishtirok etib bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirib, kelajakdagi ishlariga rivoj tiladilar hamda talabalar tomonidan taqdim etilgan foto-kо‘rgazma juda chiroyli tayyorlangani xususida alohida tо‘xtalib о‘tishdi. 

 

 Fakultet talabalarining Bitiruv malakaviy ishidan olingan foto hisobotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.