Bizning yoshlar!

Kuni kecha, Polsha Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida Urganch shahridagi Zamonaviy san’at muzeyi, Polshaning “Zajeve” markazi va Polshaning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligi ostida tashkil etilgan “Muhabbat sadolari” Xalqaro badiiy tanlovining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi.

Quvonarlisi, g‘oliblar orasida institutimizning Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” yо‘nalishi 1-bosqich talabasi Farrux Mamadiyorov ham bor bо‘lib, talabamiz mazkur xalqaro tanlovda fahrli 1-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari Polsha Respublikasining О‘zbekistondagi elchisi Radoslav Gruk tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Ijodkor talabamiz Farruh Mamadiyorovning kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvafaqqiyatlar tilaymiz.