16-17-may kunlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti “Muzeyshunoslik” kafedrasida yangi ochilgan 5151900-Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm), 5112500-Muzey pedagogikasi, 5151900-Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va ta’mirlash) ta’lim yо‘nalishlari ilk bitiruvchilarining muvaffaqiyatli BMI himoyalari bо‘lib о‘tdi.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasini institut rektori Abbosjon Mirzorahimov ochib berib, komissiya a’zolari bilan bir ovozdan himoyaga olib chiqilayotgan mavzularning bugungi muzeyshunoslik sohasidagi dolzarbligi, bitiruvchilarning mavzuni yoritib berishdagi yutuqlarini e’tirof etib, tadqiqotlardan olingan xulosalarni amaliyotga tadbiq yetish bо‘yicha о‘z taklif va tavsiyalarini berib о‘tdilar. О‘zbekistonda muzey menejmenti va madaniy turizmni rivojlantirish, yosh avlodni tariximiz kо‘zgusi bо‘lgan muzeylarga qiziqishini orttirishda muzey pedagogikasining roli, muzeylarda saqlanayotgan avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan san’at asarlari namunalarini ta’mirlashning nazariy jihatlarini о‘rganish bо‘yicha himoyaga olib chiqilgan mavzularning keng kо‘lamligi e’tiborli bо‘lib, kelajakda sohalar rivojida muhim ahamiyat kasb yetadi.