“Libos dizayni” yo‘nalishi talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi

Bitiruv malakaviy ish himoyasida institut rektori Abbosjon Mirzoraximov ishtirok etib, talabalarning ijodiy ishlari juda mahorat bilan tayyorlanganligi, zamonaviylik bilan milliylikka urg‘u berilayotgani quvonarli hol ekanligini ta’kidlab, barcha bitiruvchilarni bakalavr bosqichini yakunlayotganlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi barcha ishlarida omad hamroh bo‘lishini tiladi. Himoyada O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Hasan Qaytarov ham ishtirok etib, bitiruvchi talabalarning kelgusidagi orzu va maqsadlari sari tinmay mehnat qilib, doim dadil harakatda bo‘lishlarini, institutning faxriga aylanib yurishlarini istashini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Shundan so‘ng, talabalar belgilangan tartib asosida Bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi va 25 nafar bitiruvchining himoyalari tinglandi Keyingi libos dizayni yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv himoyasi 21-22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha qiziquvchilarni Bitiruv malakaviy ishlari himoyalariga taklif etamiz.