“REKTOR KUBOGI” sport musobaqasi start olmoqda

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, sportning futbol turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi start olmoqda!

2022-yil 22-iyun kuni, soat 9:00 da musobaqaning ilk saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Fakultet jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha talaba-yoshlarni mazkur o‘yinga taklif etib qolamiz!