Mahoratli rassom Sardor Allaberganov 16-21 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan”Go‘zallik dunyoni qutqaradi” nomli xalqaro rassomlar simpoziumida ishtirok etib qaytdi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti “Chizmatasvir” kafedrasi o‘qituvchisi,  mahoratli rassom Sardor Allaberganov 16-21 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Uralsk  shahrida o‘tkazilgan “Go‘zallik dunyoni qutqaradi” nomli xalqaro rassomlar simpoziumida ishtirok etib, “Batik Kami” statuetkasi va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Qozog‘iston  Respublikasi  Madaniyat va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur simpoziumda Madaniyat vaziri Dauren Abayev ham  ishtirok etib, g‘oliblarni shaxsan o‘zi taqdirladi.