Futbol bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasining saralash o’yinlari bo’lib o’tdi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, sportning futbol turidan “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etilayotganligi tо‘g‘risida xabar bergan edik.
Bugun, musobaqaning ilk saralash о‘yinlari о‘tkazildi. О‘yinda Tasviriy san’at fakultetining «Tasvir» jamoasi, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining «Bunyodkorlar» jamoasi hamda Amaliy san’at va dizayn fakultetining «Dizayn» va «Chempionlar» jamoalari о‘zaro kuch sinashdi.
Saralash bahslarining yakuniy natijalari quyidagicha:
✅ «Bunyodkorlar» 4 : 3 «Dizayn»
✅ «Chempionlar» 3 : 1 «Tasvir»
Ertaga, musobaqaning yakuniy Final о‘yini о‘tkaziladi va unda «Chempionlar» va «Bunyodkorlar» jamoalari «Rektor kubogi» uchun о‘zaro kuch sinashadi.