Tavallud ayyom muborak bo’lsin!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

 

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori, Tarix fanlari nomzodi Mirzorahimov Abbosjon Shodmonovich tavallud topgan kun.

 

Abbosjon Shodmonovich 1978 yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar  akademiyasi Tarix instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.  Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida sermahsul ish olib borgan.

 

Hurmatli Abbosbek Shodmonovich!

 

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan hurlik va osoyishtalik bayrami arafasidagi tavallud kuningizda Sizga oilaviy farovonlik, tinchlik va xotirjamlik, san’at va madaniyat rivoji uchun olib borayotgan ezgu va xayrli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog‘ va salomat bo‘ling!

 

Institut jamoasi