“Talabalar oqshomi” ma’naviy-badiiy kechasi

Diqqat, e’lon!

 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan o‘tkazilishi a’nanaga aylangan “Talabalar oqshomi” loyihasi yana siz bilan!

 

Loyihamizning ilk ishtirokchisi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli va taniqli shoira Guljamol Asqarova.

 

Badiiy kecha 8-sentabr kuni, soat 18:00 da institut Talabalar turar joyida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Ma’naviy-badiiy kechani “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib boradi.