Sportsevar talaba-yoshlar diqqatiga!

Yoshlar o‘rtasida ommaviy va aqliy sportni yanada takomillashtirish maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida joriy yil 29-sentabr kuni soat 14:00 da “Shaxmat sport musobaqasi” bo‘lib o‘tadi!

Musobaqada  institutda faoliyat yuritayotgan tyutorlar boshchiligidagi talabalar jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

 

Barcha sportsevar yoshlarni ushbu musobaqaga taklif etib qolamiz!