Shaxmatsevar yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-347-son qarori ijrosi yuzasidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Shaxmat sport musobaqasi” tashkil etildi.

 

2022/2023 o‘quv yili mobaynida institutda faoliyat yuritayotgan tyutorlar boshchiligidagi talabalar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur sport musobaqasi institutning sportsevar yoshlari tomonidan iliq taassurotlar bilan kutib olindi.

 

Musobaqa jarayonlarini odilona va haqqoniy baholanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi a’zosi, Shaxmat sport turi bo‘yicha sport ustaligiga nomzod Yenaliyev Ruslan Syayarovich mehmon sifatida taklif etildi.

 

 Odil hakam boshchiligida tashkil etilgan o‘yin qizg‘in

 

bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Naqd uch soatdan ortiq vaqt davom etgan musobaqa mobaynida talaba-yoshlarning taklif va tavsiyalari ham o‘rganib borildi.