Tashabbuskor talabalar orasidan Yoshlar yetakchisi saylandi!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti Yoshlar yetakchisini saylash uchun hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir avvalida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ozoda Hakimova yig‘ilganlarga institut yoshlar yetakchisini tanishtirar ekan, kelgusida yoshlar hayotida tub burilishlar yasaydigan, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga tadbiq etadigan, tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

 

Fakultet hisobot-saylov yig‘ilishi mobaynida ma’suliyatli lavozimga tayinlangan Jamoliddinning o‘quv yili mobaynida amalga oshiradigan g‘oya va tashabbuslari yuzasidan hisoboti tinglandi.

 

Shundan so‘ng fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nigora Sodiqova fakultet yoshlar yetakchisi lavozimi uchun da’vogarlik qilayotgan nomzodlarni birma-bir tanishtirib o‘tar ekan, institut hayotida o‘z o‘rniga ega zukko va lider yoshlar orasidan saralab olingan 3 nafar nomzod to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

 

Yig‘ilish mobaynida nomzodlarning saylov oldi dasturlari tinglandi va fakultet talabalari tomonidan ochiq ovozga qo‘yish yo‘li orqali ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Amaliy san’at va dizayn fakulteti yoshlar yetakchiligi uchun bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra:

 

✅ Tilavova Diyora Dilmurod qizi – 5 ta ovoz;

✅ Kamaritdinova Malika Nizomiddinovna – 8 ta ovoz;

✅ Jumaboyeva Nurdona Ilhombekovna – 50 ta ovoz to‘pladi.

Talaba-yoshlar tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan nomzod – “Kompyuter grafikasi va badiiy foto” ta’lim yo‘nalishi 2 bosqich talabasi Jumaboyeva Nurdona Ilhombekovna Amaliy san’at va dizayn fakulteti yoshlar yetakchisi lavozimiga saylandi.

 

🔰 Nurdonaning kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 MRDI Matbuot xizmati