“Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022 yil 1 oktabrdagi 202-sonli nashrida institutning Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nilufar Jabborovaning “Zamonaviy va milliy san’at namoyishi” sarlavhasi ostidagi maqolasi nashr etildi.

 “Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022-yil 1-oktabrdagi 202-sonli nashrida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nilufar Jabborovaning “Zamonaviy va milliy san’at namoyishi” sarlavhasi ostida institutning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, san’atshunos, biyennali kuratori Suhrob Qurbonov bilan tayyorlangan suhbat-maqolasi nashr etildi.

Mazkur suhbatda joriy yilning 24-28 oktabr kunlari “Rassom va jamiyat. Kelajak san’at konsepsiyalari” IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Maqolani o‘qib bu yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan biyennali haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.