“Keksalar ma’rifati”  haftaligi doirasidagi tadbirlar bо‘lib о‘tmoqda!

Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetida “Keksalar ma’rifati”  haftaligi doirasida “Ustozlik sharafi va mas’uliyati” mavzusida  uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuvga “Muzeyshunoslik” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Qoraboyev Usmon Hosilovich taklif etildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda kо‘p yillik tajribaga ega, doim shogirdlari ardog‘ida bо‘lgan ustoz, ellikka yaqin kitoblar muallifi, bir necha yillar davomida rahbarlik lavozimlarida ishlagan Usmon Qoraboyev о‘zining hayoti va ilmiy faoliyati yо‘lini talabalarga sо‘zlab berdi.

 

Uchrashuv mobaynida mazmunli savollar bergan talabalarga uchrashuv mehmoni Usmon Hosilovich о‘zining muallifligidagi kitoblaridan sovg‘a qildi. Mazmunli suhbat uchun San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti rahbariyati tomonidan Usmon Qoraboyevga minnatdorlik bildirildi.