Tashabbuskor talabalar orasidan Yoshlar yetakchisi saylandi!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Yoshlar yetakchisini saylash uchun hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir avvalida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ozoda Hakimova so‘zga chiqib kelgusida talaba-yoshlar hayotida tub burilishlar yasaydigan, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga tadbiq etadigan, tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

 

Institut Yoshlar yetakchisi Jamoliddin Sa’dullayev fakultet yetakchiligiga da’vogarlik qilayotgan nomzodlarni birma-bir tanishtirib o‘tar ekan, institut hayotida o‘z o‘rniga ega zukko va lider yoshlar orasidan saralab olingan 3 nafar nomzod to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

 

Yig‘ilish mobaynida nomzodlarning saylov oldi dasturlari tinglandi va fakultet talabalari tomonidan ochiq ovozga qo‘yish yo‘li orqali ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Amaliy san’at va dizayn fakulteti yoshlar yetakchiligi uchun bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra:

 

Komilova Yokutjon Bahrom qizi – 17 ta ovoz;

Nuriddinov Ibrohim Safar o‘g‘li – 41 ta ovoz;

Istamtoshov  Ulug‘bek Ikrom o‘g‘li – 4 ta ovoz.

Talaba-yoshlar tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan nomzod – “Grafika: kitob grafikasi rangtasviri” ta’lim yo‘nalishi 2 bosqich talabasi Nuriddinov Ibrohim Safar o‘g‘li Tasviriy san’at fakulteti Yoshlar yetakchisi lavozimiga saylandi.

 

🔰 Ibrohimning kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

MRDI Matbuot xizmati