Zakovatli yoshlar yana birlashdi!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning har payshanba kunida о‘tkazilishi an’anaga aylangan “Zakovat” intellektual о‘yinlarining tо‘rtinchi tur musobaqalari tashkil etildi. О‘yin jarayonlari klub koordinatori Sarvar Musurmonov tomonidan samarali tarzda olib borildi.

 

Institutning eng zukko va zehnli yoshlaridan iborat 17 ta jamoa о‘z bilimlarini sinovdan о‘tkazishdi.

 

О‘yin jarayonlari bevosida Ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bо‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov hamda institut yoshlar yetakchisi Jamoliddin Sa’dullayevlar tomonidan nazoratga olindi hamda barcha jamoalar odilona va shaffof tarzda baholab borildi.

 

 

Ma’lumot uchun intellektual bilim musobaqasining beshinchi tur bellashuvlari 13-oktabr sanasida bо‘lib о‘tadi.