Davra suhbatida O‘zbekiston Qaxramoni Abdulla Oripovning she’riyatidan namunalar o‘qildi. Professor Shoira Oripova o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy onning qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi, kuchli siyosiy iroda talab etganligi haqida talaba-yoshlarga gapirib berdi. Tadbir yakunida davra suhbatiga o‘z qimmatli vaqtlarini ayamay talaba-yoshlarimiz orasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borgan mehmonllarga tashakkur bildirildi.