“Yil talabasi-2022” respublika tanlovining institut bosqichi bo’lib o’tdi.
Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga
erishgan talabalarni har tomonlama qо‘llab-quvvallash, ularning о‘z iqtidorlarini
namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, rag‘batlantirish hamda talabalik nufuzini
oshirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda о‘tkaziladigan “Yil talabasi-2022”
respublika tanlovining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi
saralash bosqichi bо‘lib о‘tdi.
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining
2022-yil 23-sentabrdagi 315-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tanlovning
saralash bosqichida institutning 16 nafar eng iste’dodli va tashabbuskor talabalari
о‘z tanlagan yо‘nalishlari bо‘yicha himoyadan о‘tishdi.