“Yil talabasi-2022” respublika tanlovining institut bosqichi bo’lib o’tdi.

Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishgan talabalarni har tomonlama qо‘llab-quvvallash, ularning о‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, rag‘batlantirish hamda talabalik nufuzini oshirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda о‘tkaziladigan “Yil talabasi-2022” respublika tanlovining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi saralash bosqichi bо‘lib о‘tdi.

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 315-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tanlovning saralash bosqichida institutning 16 nafar eng iste’dodli va tashabbuskor talabalari о‘z tanlagan yо‘nalishlari bо‘yicha himoyadan о‘tishdi.