Ko‘rgazma an’anaviy konvensional ekspozitsiyalarga emas, balki tomoshabinning qiziqishi va ishtiroki, rassomlar va ularning asarlari bilan o‘zaro muloqot qilish uchun mo‘ljallangan immersiv, interaktiv uslubga qaratilgan bo‘lib, unda yosh ijodkorlar – 15 ga yaqin universitet va institut talabalari o‘z ijodiy ishlari orqali maqsadlarni o‘zida mujassam etgan asarlarini bilan ko‘rgazmada ishtirok etdilar.
Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Amaliy grafika” kafedrasi dotsenti Serik Pirmatov, F.Kobulov, “Dizayn” kafedrasi mudiri Nilufar Mannapova, dotsent Oybek Qosimov, katta o‘qituvchi Dilnoza Saipovalar fakultet talabalari bilan birgalikda 20 dan ortiq ijodiy asarlari bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandilar. Ko‘rgazmaga san’atshunos E’tibor Mirzanazarova kuratorlik qildi.