Iymoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq odamni aslo yengib bo’lmaydi. Ana shunday fazilatlarga ega butun bir xalqning qudratini tasavvur etish qiyinmas. Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, salbiy oqibatlari ko’proq tashvishga solmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.